Qozoğiston Mudofaa vazirligi Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi nişonlarga hujum qilgan dronlar öz hududidan uçirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Ba’zi Telegram-kanallarda Tatariston Respublikasi obektlariga hujum qilgan dronlar Qozoğiston hududidan uçirilgani haqida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi», deyiladi Qozoğiston Mudofaa vazirligi bayonotida.

Departamentning ta’kidlaşiça, «bunday xabarlar Qozoğiston Respublikasini obrösizlantirişga qaratilgan».

2 aprel kuni ertalab dronlar Tataristonning Yelabuga hamda Nijnekamskda joylaşgan korxonalarga hujum qildi. Mahalliy rasmiylar Yelabugaga zarba oqibatida jarohatlanganlar borligini ma’lum qilgan.

Agar dronlar Ukrainadan uçirilgan bölsa, Rossiyaning ğarbiy hududlari ustidan Tataristongaça 1200 km masofani uçib ötgan böladi. Dronlarning uçiş masofasi 800 km ekani hisobga olinsa, ularning Qozoğiston hududidan uçirilgani taxmin qilingan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.