Mart oyi boşida Rossiya maxsus xizmatlariga Rossiya Federatsiyasida terakt sodir etilişi xavfi haqida ma’lumot yuborar ekan, Qöşma Ştatlar Krasnogorskdagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalini ehtimoliy nişon sifatida körsatgan. Bu haqda 2 aprel, seşanba kuni vaziyat bilan taniş bölgan amerikalik rasmiylarga tayanib, The Washington Post naşri yozdi.
«Ogohlantiriş yuqori darajada aniqligi Vaşingtonning IŞID köp sonli tinç aholiga tahdid soladigan hujum tayyorlayotganiga işonçini ta’kidlaydi va Moskvaning AQŞ ogohlantirişlari hujum oldini olişga yordam bera olmaydigan darajada umumiy bölgani haqidagi da’volariga töğridan töğri ziddir», — deyiladi naşrda.
AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi (MXK) avvalroq Vaşington «Rossiya rasmiylariga Moskvada rejalaştirilgan terakt haqida ma’lumot berganini bildirgan, biroq «Krokus Siti Xoll» ehtimoliy nişon sifatida körsatilganini aytmagan», deb eslatadi WP. MXK jurnalistlarga uşbu maqolaga izoh berişdan boş tortdi. Kreml matbuot xizmati tegişli sörovga javob bermadi.
«Terrorçilar uçun aniq nişonni körsatiş - noodatiy qadam»
Vaşington «ogohlantiriş böyiça javobgarlik» deb nomlanuvçi tamoyilga amal qilgan holda, ehtimoliy teraktlar haqida muntazam ravişda xorijiy davlatlar bilan ma’lumot almaşadi. Biroq, «duşmanga aniq nişonlar haqida ma’lumot uzatiş noodatiy qadamdir», deya mutaxassislarning sözlaridan iqtibos keltiradi WP: «Bu AQŞ razvedka yöllarini foş qiliş xavfini öz içiga oladi va razvedka faoliyati yoki inson manbalarini xavf ostiga qöyişi mumkin». Biroq, konsert zalida terakt tayyorlanişi haqidagi ma’lumotlar Rossiyadagi amerikaliklar uçun ehtimoliy tahdidni ham anglatardi, deyiladi maqolada.
Naşr manbalariga köra, Amerika razvedka xizmatlari 6 mart kuni bölajak terakt haqidagi ma’lumotlarni «FSB»ga yetkazgan. Ertasi kuni, 7 martda AQŞning Moskvadagi elçixonasi Rossiya poytaxtida ehtimoliy terakt haqida ogohlantirdi. Unda aytilişiça, elçixona «ekstremistlar yaqin kelajakda Moskvadagi katta yiğinlarga, jumladan, konsertlarga hujum qilişni rejalaştirayotgani, AQŞ fuqarolariga esa keyingi 48 soat davomida odamlar gavjum joylarga bormay turiş tavsiya etilgani» haqidagi xabarlarni kuzatgan.
Nega xavfsizlik çoralari kuçaytirilmadi?
«Nega birinçi ogohlantirişdan keyin xavfsizlik kuçaytirilmadi va ta’minlanmadi, bu noma’lumligiça qolmoqda. Balki Rossiya razvedka xizmatlari 7 martdan keyingi kunlarda heç qanday hujum sodir bölmaganini körib, AQŞ ma’lumotlarini notöğri deb hisoblab, huşyorlikni yumşatgandir», - deya Amerika rasmiylarining fikrini keltiradi gazeta.














