Davlat rahbari sohada fuqarolarga qulayliklar yaratiş, mehnat migratsiyasidan qaytgan şaxslarning bandligini ta’minlaş vazifalarini qöydi. Şu bois mehnat migratsiyasi tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.
Unga köra, Bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi şaklida boşqaruv organiga aylanadi. Agentlik direktori bir vaqtning özida Bandlik vaziri örinbosari böladi. U mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini ham boşqaradi.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Polşa, Vengriya, Yaponiyadagi elçixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi böyiça attaşe, Saudiya Arabistonida agentlik vakili lavozimi joriy qilinadi. Xorijdagi fuqarolar masalalarini tezkorlik bilan hal qiliş uçun elçixonalar va tegişli vazirliklarda 24 soat işlaydigan «koll-markazlar» taşkil etiladi.
«Xorijga iş – mahalladan» tamoyili yölga qöyiladi. Bunda, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi xorijda işlaş istagida bölgan fuqaroni aniqlab, «Onlayn mahalla» platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi iş beruvçilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Kasbiy malakasi yöq va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga öqitiş va profta’lim muassasalarida maqsadli tayyorlaş yölga qöyiladi. Buning uçun Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga örgatiş va işlaşga maqsadli tayyorlaş markazi oçiladi.
Xorijda işlaş istagida bölganlar muayyan xarajatlarga ham duç keladi. Şu bois endi migrantlarning işçi viza, yöl çiptasi, xorijiy til va kasb böyiça malakani baholatiş xarajatlari qisman qoplanadi. Çet tili böyiça xalqaro yoki unga tenglaştirilgan sertifikat olgan fuqaroga til örganiş uçun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.
Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligiga kömaklaşiş maqsadida, Sayxunobod tajribasi asosida ularga tomorqada mahsulot yetiştirib, daromad olişi uçun moliyaviy kömak beriladi hamda boşqa turdagi bandlik xizmatlari körsatiladi.
«Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş» kompleks dasturiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratiladi. Tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan şaxslar va ularning oila a’zolarini bepul tibbiy körikdan ötkazadi. «Inson» markazlari tomonidan ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam körsatiladi.













