3 aprel kuni Yangi Toşkent şahrida ilk inşootlar qurilişini boşlaş marosimi böldi. Tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözlab, bu tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.

– Bugun «Yangi Özbekiston» universiteti va Toşkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alişer Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toşi qöyamiz. Yangi şahar qurilişi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boşlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etiş ğoyamizning asosi va namunasi böladi, – dedi davlat rahbari.
Qayd qilinişiça, birinçilar qatorida Toşkent davlat pedagogika universitetining yangi kampusi barpo etiladi. U 20 ming talabaga möljallangan öquv binolari, 5 ming örinli yotoqxona, 300 örinli boğça, 616 örinli maktab, 588 örinli akademik litsey, zamonaviy sport kompleksi, madaniyat saroyi, amfiteatr va boşqa obektlarni öz içiga oladi. Yuqori reytingli xorij oliygohlari tajribasi asosida «boğça – maktab – universitet» yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster taşkil etiladi.

«Yangi Özbekiston» universiteti yurtimizdagi eng nufuzli oliygoh bölib, unda muhandislik, boşqaruv, axborot texnologiyalari, agrotexnologiyalar, gumanitar va tabiiy fanlar böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Şaharda mazkur universitet uçun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, bu yerda 10 ming talabaga möljallangan öquv binolari, 1 ming 150 örinli oşxona, kutubxona va ixçam muzey, sport majmuasi, olimpiya suziş havzasi barpo etiladi. Şuningdek, talabalar uçun 2 ming örinli yotoqxona, professor-öqituvçilarga 286 örinli turar joy qurib beriladi.

Navbatdagi loyiha – Özbekiston Milliy kutubxonasi uçun yangi majmua. Bu yerda kutubxona fondida saqlanayotgan 10 milliondan ortiq adabiyotlarni munosib saqlaş va bir paytning özida 1 ming 420 nafar kitobxonga sifatli xizmat körsatiş uçun barça şaroitlar yaratiladi. Uning mumiy maydoni 30 ming metr kvadratni taşkil qiladi.
Teatr san’ati xalq ma’naviyati, yoşlar tarbiyasi bilan çambarças boğliq. Şu bois Yangi Toşkentda xalqaro talablar asosida Milliy teatrning muhtaşam binosi barpo etiladi. Unda san’atkorlar uçun ham, tomoşabinlar uçun ham har jihatdan qulay şaroitlar yaratiladi. Kelgusida u yurtimizdagi barça teatrlar uçun öziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini bajaradi.













