Ukrainada uruşning 770-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Rossiya «1 iyungaça» qöşimça 300 ming kişini safarbar qilmoqçiligini aytdi. Kreml buni rad etdi.
- Ukraina harbiy razvedkasi 2024 yilning birinçi yarmida Qrim köprigiga yangi hujumni tayyorlamoqda, deb xabar berdi The Guardian.
- RF mudofaa vazirligi «Krokus»dagi teraktdan keyin şartnoma asosida xizmat qiliş istagini bildirayotganlar soni ortganini ma’lum qildi. Vazirlikka köra, köngillilar «qurbonlar uçun qasos oliş» istagini bildirmoqda.
- Tatariston rahbari regiondagi korxonalarni havo hujumidan mudofaa kuçlariga işonib qolmasdan, dronlar hujumidan mustaqil himoyalanişga çaqirdi.
- Politico naşri Xitoy, Saudiya Arabistoni va Indoneziya Yevroittifoqning Rossiya aktivlarini musodara qiliş böyiça rejasiga qöşilmaganini xabar qildi.
- Fransiya mudofaa vaziri Parijda Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligi töğrisida ma’lumot yöqligini aytdi.
Kun kadri. Liman atrofida yonib ketgan dala
Ukrainadagi janglarda Rossiya qöşini ham, Ukraina qurolli kuçlari ham kassetali öq-dorilardan foydalanmoqda — bu keng maydonga tarqaladigan mayda sub öq-dorilardan iborat ajraluvçi qismga ega snaryadlardir. Bunday öq-dorilar jahonning köplab mamlakatlarida taqiqlangan, çunki ular ayrim hollarda portlamay qoladi va ular qöllangan hududlar minalardan tozalanmagan holatida tinç aholi hayoti uçun xavfli hisoblanadi. Rossiya ham, Ukraina ham, Ukraina qurolli kuçlariga qurol yetkazib berayotgan AQŞ ham kassetali öq-dorilardan foydalanişni taqiqlovçi konvensiyani imzolamagan.

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainadagi qidiruvçilar halok bölgan askarlarning jasadlari bilan
Rossiya va Ukraina örtasida keng kölamli uruş ketayotganiga ikki yildan oşdi. RF mudofaa vazirligi va Ukraina qurolli kuçlari raqib yöqotişlari töğrisida tez-tez xabar berib turadi (bu ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali operativ tasdiqlaş imkonsiz), ammo öz yöqotişlari haqida juda kam ma’lumot beradi. Ukraina prezidenti 2024 yil fevral oyi oxirida RFning keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon 31 ming ukrain harbiy xizmatçisi halok bölganini ma’lum qilgan. «Mediazona» va BBC rus xizmati jurnalistlari, şuningdek köngillilar jamoasi mart oyi oxiriga kelib Ukrainada halok bölgan rossiyalik harbiylardan 49 281 nafarining şaxsini tasdiqlagan. Ikki tomondan yarador bölgan, asir tuşgan va bedarak yöqolgan harbiylar haqida töliq rasmiy ma’lumotlar yöq. Ayrim ukrainalik va rossiyalik askarlarning taqdiriga şiddatli janglar keçayotgan hududlarda, jumladan Donetsk oblastida işlayotgan köngillilar oydinlik kiritmoqda.





















