Dunyoning turli davlatlarida bir neça soat davom etgan WhatsApp messenjeri işidagi nosozliklar bartaraf etildi. Bu haqda messenjerning 4 aprel, payşanba kuni ertalab X ijtimoiy tarmoğidagi mikroblogida ma’lum qilin. «Va biz qaytdik! Suhbatdan zavqlaning!» - deydi bu postda. Uzilişlarga aynan nima sabab bölgani haqida xabar berilmagan. 

Bundan bir neça soat oldin, 3 aprel oqşomida butun dunyo böylab foydalanuvçilar WhatsApp işidagi keng kölamli nosozliklar haqida xabar berdi. Messenjerda xabarlarni jönatiş yoki qabul qilişning imkoni bölmagan, uning veb-versiyasi oçilmagan va ulaniş muammolari haqida xabar berilgan, şuningdek, mediafayllar ham yuklanmagan.

Muammolar haqida xabarlar, xususan, Rossiya, Britaniya, Hindiston, Braziliya, AQŞ va boşqa ba’zi mamlakatlardan kelgan. Downdetector servisi ma’lumotlariga köra, nosozlikning eng yuqori çöqqisida AQŞda 24 ming WhatsApp foydalanuvçisi uziliş haqida xabar bergan. Şu bilan birga, Meta kompaniyasiga tegişli Facebook va Instragram ijtimoiy tarmoqlari işidagi muammolar haqida ham ma’lumot paydo böldi. 

Ayni vaqtda, Rossiya regulyatori Roskomnadzor 3 aprel kuni keçqurun Rossiyada WhatsApp işini bloklamaganini ta’kidladi. «Nosozlik haqidagi ma’lumot Downdetector xorijiy servisi tomonidan tarqatilyapti. Muammo, ehtimol, RFda faoliyati taqiqlangan Meta infratuzilmasidagi nosozlik bilan boğliq», - deya ta’kidladi departament.