Yevropa Ittifoqi Eronning Damaşqdagi elçixonasi majmuasiga berilgan aviazarbani qoraladi. Uning oqibatida, sönggi ma’lumotlarga köra, 16 kişi halok böldi. «Uşbu öta keskin mintaqaviy vaziyatda vazminlik körsatiş juda muhim», deb yozdi Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça vakili Piter Stano 3 aprel, çorşanba kuni.
«Diplomatik va konsullik muassasalari va xodimlarining daxlsizligi tamoyillari xalqaro huquqqa muvofiq har qanday holatda ham hurmat qilinişi kerak», — dedi u.
Suriya poytaxtidagi Eron konsulligi yaqiniga qilingan havo hujumi
Avvalroq Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning ikki generali Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi Xoja Rahimiy Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi yaqiniga uyuştirilgan havo hujumida halok bölgandi. Ulardan taşqari korpusning yana beş zobiti halok bölgan.
Zohidiy 2006 yildan 2009 yilgaça korpus quruqlikdagi qöşinlari qömondoni bölgan, 2017 yildan buyon korpus operatsiyalariga rahbarlik qilgan. Suriya inson huquqlari böyiça kuzatuv kengaşining xabar berişiça, umumiy hisobda zarba oqibatida ön bir kişi halok bölgan va yana bir neça kişi jarohatlangan. Mahalliy OAV ma’lumotiga köra, hujum konsullik binosiga tutaş binoga amalga oşirilgan. Natijada bino butunlay vayron bölgan.
Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyonning aytişiça, Tehron hujum uçun Isroilni javobgar deb biladi. Eronning Damaşqdagi konsulligiga zarba beriş «barça xalqaro konvensiyalarni buzişdir», dedi Abdullohiyon. Isroil harbiylari bu xabarlarga izoh bermasligini aytdi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.














