Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Xivada uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, har tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş, ilgari oliy darajada erişilgan kelişuvlarga muvofiq investitsiya bitimlari va savdo şartnomalarini amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari maşinasozlik, energetika, transport va logistika, konçilik, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati va boşqa tarmoqlardagi qöşma loyihalarni ilgari suriş yuzasidan Boş vazirlar örinbosarlari, Hukumatlararo komissiya huzuridagi işçi guruhlar hamraislarining hisobotlarini tinglaşdi.
Prezidentlar tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, sanoat kooperatsiyasi böyiça uzoq muddatli dasturni şakllantiriş hamda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq topşiriq berdilar.
Joriy yilda Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini taşkil etiş böyiça amaliy işlarni boşlaş, qöşma taşqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
Gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantiriş, yoşlar iştirokida madaniyat, ta’lim va sport sohalarida qöşma tadbirlar ötkaziş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, şu jumladan suv resurslaridan oqilona foydalaniş, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi doirasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda Afğonistondagi vaziyatning rivojlanişi yuzasidan fikr almaşildi.

«Ikki va köp tomonlama şakldagi bölajak qöşma tadbirlar rejasi körib çiqildi.
Uçraşuv har doimgidek oçiq, samimiy va döstona muhitda ötdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.













