Boş prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Unda “P.” korxonasi iş boşqaruvçisi M.N. heç qanday hujjatsiz tijorat maqsadida uşbu korxonaga qaraşli hammomni umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga öğrilik yöli bilan ulab, jami 172,4 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Marğilon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa, M.S. oilaviy korxonasi ta’sisçisi I.T. heç qanday hujjatsiz işlab çiqariş sexiga örnatilgan qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga öğrilik yöli bilan ulab, jami 136,6 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.