Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimgi Xivaning Içan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi.

“Oçiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona şahardir. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylaşgan.

1990 yilda Xiva şahri YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nişonlangan. 2020 yilda şahar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi, 2024 yilda esa islom dunyosining turizm poytaxti böldi.

Nurillaboy saroyi XX asr boşlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezaşda nafaqat xivalik mohir ustalar, balki çet ellik rassom-dekoratorlar ham iştirok etganlar, ular saroyning şarqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar. Xonalarning içki köriniş, kaminlari, Venetsiya oynalari va tilla suvi yugurtirilgan bronzadan işlangan, billur ilgakli qandillari bilan ajralib turadi.

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qöşgan hissasi, şuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qozoğistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.