ROMA – LATsIO (6 aprel, 21:00)
Rim derbisi turnir jadvali va jamoalarning ayni paytdagi ahvolidan qat’i nazar murosasiz va katta voqea bölişi sir emas. Hozir esa qöşimça tarzda, har ikki jamoa Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun da’vogarlik qilmoqda. Yevrokuboklar reytingida Italiya hozirda peşqadam bölib turibdi va katta ehtimol bilan şunday saqlanib qolsa kerak. U holda «A Seriya»dan beş jamoa yangi formatdagi Çempionlar Ligasida qatnaşadi. «Roma» hozirda 52 oçko bilan 5-örinni egallab turibdi. «Latsio» bilan oradagi farq olti oçko, katta masofa, ammo agar «Latsio» bu öyinda ğolib keladigan bölsa, 3 oçkogaça qisqarişi mumkin. Bu esa «Latsio»ning ham yöllanma uçun kuraşga qöşilişini anglatadi.
Agar keyingi taqvimga e’tibor qaratsak, «Latsio»da qiyin raqiblar deyarli yöq. Sönggi turlarda «Inter» bilan öyin bor, ammo öşanda milanliklar katta ehtimol bilan çempionlik masalasini hal qilib qöygan böladi. «Roma»ning taqvimi esa aksinça, «Atalanta» ham bor, «Yuventus» va «Napoli» ham bor. Buning ustiga de Rossi şogirdlari Yevropa Ligasida ham kuraşni davom ettirmoqda. Demak «Roma» va «Latsio» örtasidagi sirtqi kuraş endi boşlanyapti, derbi esa mana şu raqobatning deboçasi böladi.
Sönggi Rim derbilariga qaralsa, oxirgi tört öyinda «Roma» ğalaba qozoniş tugul, raqib darvozasiga gol ham ura olmayapti. Ötgan yili har ikki öyinda ham «Latsio» 1:0 hisobida ustun kelgan, birinçi davradagi öyinda hisob oçilmagandi. Mamlakat kubogi doirasidagi öyinda esa «Latsio» yana 1:0 hisobida yutib, hamşaharini turnirdan çiqarib yuborgandi. Qiziği, de Rossi kelganidan buyon har öyinda gol urib kelgan «Roma»da ham sönggi uçraşuvlarda muammolar paydo böldi, «Leççe» bilan öyinda ham golsiz durang qayd etildi masalan.
Sardor Ozmun nominal mezbonlar safida maydonga tuşa olmaydi. Şuningdek Evan Ndika «Leççe» bilan öyinda navbatdagi sariq kartoçkasini oldi va diskvalifikatsiya tufayli derbida öynamaydi. «Latsio» tarkibida maydonga tuşa olmaydigan nomlar köproq, ammo öyin taqdirini hal qiladigan asosiy futbolçilar emas. Faqat darvozabon Provedel hali tiklanib ulgurmaganini aytiş mumkin, lekin «Latsio» bir oydan beri usiz maydonga tuşmoqda. Şuningdek, Ladzari, Dzakkani, hamda Rovellalar jarohat tufayli derbida qatnaşa olişmaydi.

BRAYTON – ARSeNAL (6 aprel, 21:30)
Çempionlik uçun kuraşayotgan uç jamoa içida «Arsenal»ning taqvimi biroz qiyinroq ekanini aytiş mumkin. Buning ustiga, kelasi haftadanoq Çempionlar Ligasi çorak finali, «Bavariya» kutib turibdi. «Arsenal» şu paytgaça, barqarorlik borasidagi sinovlardan ötib kelgan bölsa, endi yanada oğirroq davr kutib turibdi. Aprelning qolgan 24 kuni içida 7 ta top uçraşuv. «Brayton»dan keyin ikki marta «Bavariya», şuningdek, «Aston Villa», «Tottenhem», «Çelsi» va «Vulverhempton» bilan öynaşi kerak. Artetaning murabbiylik faoliyati davomidagi eng muhim oy.














