Orenburg viloyatining ikkinçi yirik şahri - Orskda töğon yorilganidan keyin suv şaharning asosan xususiy sektor joylaşgan eski qismiga oqişda davom etmoqda. Rossiya FVV ma’lumotlariga köra, 6 aprel, şanba kuni ertalab Orskda 2400 dan ortiq turar joy binolari va 3000 dan ortiq tomorqa suv ostida qolgan, 700 dan ortiq kişi, jumladan, 210 nafar bola evakuatsiya qilingan. 

«Aholini evakuatsiya qiliş bir daqiqaga ham töxtamayapti. Qutqaruvçilar suv kemalari yordamida odamlarni olib çiqmoqda», deyiladi departamentning Telegram-kanalida. 

Uç kişining jasadi topildi 

Favqulodda xizmatlar RIA «Novosti»ga xabar berişiça, Orskning suv bosgan hududini patrul qiliş çoğida uç kişining jasadi topilgan. 

Orsk - Orenburg viloyatidagi 200 mingga yaqin aholiga ega şahar. U Orenburgdan taxminan 300 km şarqda, Qozoğiston bilan çegarada joylaşgan. Ural daryosi va unga quyiladigan Or daryosi şahar böylab oqib ötadi.

«Interfaks» agentligi aniqlik kiritişiça, Eski şahar mikrorayoni Orsk şahrining Sovetskiy tumanida, Ural daryosining çap qirğoğida, Or daryosi qöşilişidan şarqda joylaşgan. Unda asosan bir, ikki va uç qavatli uylar (1930-yillardagi) va zamonaviy kottejlar qurilgan.

Orenburg viloyatidagi uylarning suv bosişi 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, Orenburg viloyatida 2,5 mingdan ortiq uy va 6900 ga yaqin tomorqa yerlari suv ostida qolgan. Qutqaruvçilar ofat hududidan 4200 dan ortiq kişini, jumladan 1019 nafar bolani evakuatsiya qildi. Qayd etilişiça, 427 nafar fuqaro, jumladan, 132 nafar bola vaqtinçalik joylaştiriş markazlariga olib ketilgan.

«Toşqin eng yuqori çöqqisiga çiqdi. Bir qator hududlarda, ayniqsa Orskda töğon yorilişi tufayli vaziyat oğir», - deya Orenburg viloyati gubernatori Denis Paslerning sözlaridan iqtibos keltirilgan xabarda.

Çelyabinsk viloyatida suv toşqini 

5 aprel oqşomida Çelyabinsk viloyatining Nagaybak tumanida rasmiylar suv toşqinlari fonida Ferşampenuaz tuman markazini favqulodda evakuatsiya qiliş haqida e’lon berdi. Bu haqda Ura.ru internet-naşri mintaqaviy «Vsxody» gazetasiga tayanib xabar qilmoqda.