Nurek, Roğun va Qambarota-1 – dunyodagi eng baland töğonlar qayerda qurilgan?
|00:01 / 23.02.202526 86710 min
Bugun Yer yuzida eng muhim tarmoqlardan biri elektr energiyasi işlab çiqariş hisoblanadi. Asosiy elektr energiyasi IESlarda, rivojlangan davlatlarda AESlarda va yirik daryolar bor joylarda GESlarda işlab çiqarilmoqda. Ma’lumotlarga köra, bugun Yer yuzida 800 mingdan oşiq katta va kiçik suv töğonlari bor. Uşbu materialda ularning eng balandlari haqida gaplaşamiz.
Bir neça kun avval Jahon banki Roğun GES qurilişi uçun Tojikistonga 350 mln dollarlik grant ajratişni ma’qulladi.
Bu GES qurilişi sovet davrida boşlangan va mablağ yetişmovçiligi tufayli töxtab qolgandi. Tojikiston 2000-yillar boşlarida Roğun GES qurilişini qayta tikladi.
Yangi rejaga köra, GESning töğonini 2042 yilgaça töliq bitkazib, foydalanişga topşiriş möljallanmoqda. Roğun GES töliq bitsa, undagi platinaning balandligi 335 metrga yetadi va u dunyodagi eng baland töğon böladi.
Ma’lumotlarga köra, bugun Yer yuzida 800 mingdan oşiq katta va kiçik suv töğonlari bor. Ularning aksariyati toğli hududlarda, daryolarning oldi tösilişi uçun qurilgan.
Töğonlar orasida balandligi bir neça ön metrdan tortib, 300 metrdan oşadiganlari ham bor. Quyida hozir işlayotgan, faoliyatini töxtatgan va qurilayotgan eng baland töğonlar haqida ma’lumot beramiz
1. Tszinpin GES, Xitoy
Foto: fishki.net
Bugun dunyodagi eng baland töğon Xitoyda qurilgan Tszinpin GESga tegişli. Uning balandligi 305, uzunligi 568 metr.
GES qurilişi 2005 yilda, suv omborini töldiriş 2012 yilda boşlangan. Töğon Xitoy janubi-ğarbidan boşlanadigan Yalunszyan daryosining oldini tösib qurilgan.
Bu GES 2014 yilda foydalanişga topşirilgan. Uning quvvati 3 600 megavatt bölib, bir yilda 17 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega.
2. Nurek GES, Tojikiston
Foto: nlsteel.ru
Mavzuga oid
Nurek GES töğoni qurilişi 1961 yilda Amudaryoning asosiy irmoği bölgan Vaxş daryosining oldi tösilib boşlangan.
GESdagi agregatlar 1972-1979 yillar davomida işga tuşirilgan. Töğonning balandligi 300, uzunligi 714 metrni taşkil etadi.
Nurek GESning quvvati 3 000 megavatt bölib, u bir yilda 11,2 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega.
Nurek GES töğoni 2014 yil Xitoydagi Tszinpin GES foydalanişga topşirilgunça dunyodagi eng baland platina bölgan.
3. Lyanxekou GES, Xitoy
Foto: alamy.com
Lyanxekou GES töğoni qurilişi 2009 yilda boşlangan va 2021 yilda işga tuşirilgan. U Xitoydagi Yalong daryosida qurilgan.
Töğonning balandligi 295, uzunligi 650 metr. Lyanxekou GESning quvvati 3 000 megavatt bölib, unga 6 ta 500 megavattlik turbinalar örnatilgan.
Bu GES töliq işga tuşganda yiliga 11 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaradi. Loyiha qiymati qariyb 10 mlrd dollarni taşkil etadi.
4. Syaovan GES, Xitoy
Foto: powerproduct.com
Syaovan GES qurilişi 2002 yilda boşlangan va 2010 yilda foydalanişga topşirilgan. Uning töğoni Xitoy janubidan boşlanadigan Mekong daryosida qurilgan.
Töğonning balandligi 292, uzunligi esa 902 metr. Töğonning qalinligi ost qismida 62 metrni, eng tepa qismi esa 13 metrni taşkil etadi.
Syaovan GESning quvvati 4 200 megavatt. Unga Huaneng Power International kompaniyasi egalik qiladi. Töğon qurilişiga qariyb 4 mlrd dollar sarflangan.
5. Bayxetan GES, Xitoy
Bayxetan GES qurilişi 2017 yilda boşlangan va 2022 yilda işga tuşirilgan. Uning töğoni Tszinşa daryosining oldi tösilib qurilgan.
Töğonning balandligi 289, uzunligi 709 metr. GESning quvvati 16 000 megavatt bölib, unga har birining quvvati 1000 megavatt bölgan 16 ta generator örnatilgan. Eng sönggi generator tarmoqqa 2022 yil dekabrda qöşilgan.
GES bir yilda 60 mlrd kilovatt elektr energiyasi işlab çiqaradi. Unga China Three Gorges Corporation kompaniyasi egalik qiladi. GESning qurilişiga jami 26 mlrd dollar sarflangan.
6. Silodu GES, Xitoy
Compare
cnbc.com
Silodu GES qurilişi 2005 yilda boşlangan va u 2014 yilda töliq işga tuşirilgan. Bu GES töğoni ham Tszinşa daryosining oldi tösilib qurilgan.
Töğonning balandligi 285, uzunligi esa 700 metr. GESning quvvati qariyb 14 ming megavatt bölib, unga har birining quvvati 770 megavatt bölgan 18 ta gidroagregat örnatilgan.
GESga China Yangtze Power kompaniyasi egalik qiladi. U bir yilda 55,2 mlrd kilovatt elektr energiyasi işlab çiqaradi.
7. Grand Diksens GES, Şveytsariya
Grand Diksens GES qurilişi 1953 yilda boşlangan va 1964 yilda işga tuşirilgan. Uning töğoni Diksens daryosida qurilgan.
Töğonning balandligi 285, uzunligi 700 metr. GESning quvvati 2 069 megavatt bölib, unga törtta gidroagregat örnatilgan.
GESga Energie Ouest Suisse kompaniyasi egalik qiladi. Grand Diksens GES bir yilda 2 mlrd kilovatt elektr energiyasi işlab çiqaradi.
8. Inguri GES, Gurjiston
Foto: colliers.com
Inguri GES 1970-yillar boşlarida qurila boşlangan va 1978 yilda işga tuşirilgan. Uning töğoni Inguri daryosida qurilgan.
Töğonning balandligi 271, uzunligi 728 metr. GESning umumiy quvvati 1 300 megavatt bölib, unga har birining quvvati 260 megavatt bölgan beşta generator örnatilgan.
GES bir yilda 4,4 mlrd kilovatt elektr energiya işlab çiqaradi. Unga Gurjiston hukumati egalik qiladi
9. Yusufeli GES, Turkiya
Foto: shutterstock.com
Yusufeli GES qurilişi 2013 yilda boşlangan va 2021 yilda töliq işga tuşirilgan. Uning töğoni Turkiya şarqidagi Çoruh daryosida qurilgan.
Töğonning balandligi 270, uzunligi 490 metr. GESning quvvati 540 megavatt bölib, unga har birining quvvati 180 megavatt bölgan uçta generator örnatilgan.
GES bir yilda 1,7 mlrd kilovatt elektr energiyasi işlab çiqaradi. Unga State Hydraulic Works kompaniyasi egalik qiladi.
10. Vayont GES (hozir işlatilmaydi), Italiya
Foto: alamy.com
Vayont GES 1950-yillarning ikkinçi yarmida qurilgan va 1961 yilda işga tuşirilgan. Biroq 1963 yilda sodir bölgan halokatdan söng uning suvi qöyib yuborilgan va hozir bu GES iş faoliyatida emas.
Töğonning balandligi 261,6, uzunligi 190 metr. U Italiya şimolidagi daryolardan birining oldi tösilib, qurilgan.
Qurilayotgan töğonlar orasida eng balandlari
1. Roğun GES, Tojikiston
Foto: pravda.ru
Roğun GES qurilişi 1976 yilda Amudaryoning asosiy irmoği bölgan Vaxş daryosining oldi tösilib, boşlangan. 2000-yillar boşlarida Tojikiston töxtab qolgan qurilişni davom ettirişga qaror qilgan.
Roğun GES bitsa töğonining balandligi 335 metr, uzunligi 660 metr böladi. Şunda u yiliga 13,8 mlrd kilovatt elektr energiya işlab çiqara oladi.
Hozirgi kunda Roğun GESning bitgan qismi iş faoliyatida va unda 760 megavatt elektr energiya işlab çiqariş quvvatiga ega generatorlar işlayapti. Obekt töliq bitsa, uning quvvati 3 600 megavatt böladi.
2. Baxtiyori GES, Eron
Baxtiyori GES qurilişi 2013 yilda Baxtiyori daryosining oldi tösilib, boşlangan. Bu GES töğoni töliq bitsa balandligi 325 metr, uzunligi 434 metr böladi.
Loyiha qiymati 2 mlrd dollarga baholangan va hozirça GESning töliq işga tuşirilişi muddati aniq emas. Bu loyiha bitsa uning quvvati 1 500 megavatt böladi va yiliga 3 mlrd kilovatt elektr energiya işlab çiqaradi.
Loyihaga köra, GESga har birining quvvati 250 megavatt bölgan oltita generator örnatiş közda tutilgan.
3. Daştijum GES, Tojikiston
Daştijum GES qurilişi hali boşlanmagan. Uning loyihasi 1970-yillarda SSSRda tayyorlangan va töğon Panj daryosining oldi tösilib qurilişi rejalaştirilgan.
Loyihaga köra, GES töğonining balandligi 320, uzunligi 1 140 metr bölişi közda tutilgan.
Öşanda sovetlar bu GESni Afğoniston bilan hamkorlikda qurib, birga işlatişni reja qilişgan. Keyinçalik Afğon uruşi boşlangaç GES rejasi qoğozda qolib ketadi.
4. Şuanszyankou GES, Xitoy
Şuanszyankou GES qurilişi 2013 yilda boşlangan. U 2023 yilda töliq işga tuşirilişi lozim edi, biroq bu biroz ortga surildi.
GES töğoni Daduxe daryosining oldi tösilib qurilmoqda. Bitgandan söng uning balandligi 312, uzunligi 649 metr böladi.
Loyihaga köra Şuanszyankou GES quvvati 2 000 megavatt böladi va unga har birining quvvati 500 megavatt bölgan törtta generator örnatiladi.
GES egasi State Power Dadu Hydropower Development Co., Ltd. kompaniyasi hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 4,02 mlrd dollarga baholangan.
5. Diamer-Bxasa GES, Pokiston
Foto: renen.ru
Diamer-Bxasa GES qurilişi 1998 yilda boşlangan. Uni 2028 yilda töliq işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Töğon Hind daryosining oldi tösilib qurilmoqda va uning balandligi 272 metr böladi. Quriliş işlarini Xitoyga tegişli kompaniyalar olib bormoqda.
Loyihaga köra, GESning töliq quvvati 4 800 megavatt böladi va unga har birining quvvati 375 megavatt bölgan 12 ta generator örnatiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 14 mlrd dollarni taşkil etadi. U töliq bitgaç yiliga 19 mlrd kilovatt elektr energiyasi işlab çiqara oladi.
Şuningdek, qöşni Qirğizistonda Qambarota GES-1ni quriş rejalaştirilgan. Bu GES qurilişi sovet davrida, 1986 yilda boşlangan va tugallanmay qolgan. Uning töğoni Sirdaryoning asosiy irmoği bölgan Norin daryosida joylaşgan.
Qambarota GES-1 töğonining balandligi 256 metr böladi. Uni Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston birgalikda qurib bitkazmoqçi.
Loyihaga köra, GESning quvvati 1 860 megavatt böladi va unga törtta 465 megavattlik generator örnatiladi. Qambarota GES-1 töliq quvvat bilan işlasa, yiliga 5,6 mlrd kilovatt elektr energiya işlab çiqaradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi