Ukraina uçun 100 milliard dollarlik NATO jamğarmasi 2024 yil iyuligaça tuzilişi mumkin. Bu haqda alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, bu hafta ba’zi mamlakatlar ikkilanişiga qaramay, jamğarma yaratilişiga işonçi komil, çunki uzoq muddatli yordam hozir va uruşdan keyin mamlakatning tiklanişi uçun juda muhimdir.
«Uruş tez orada tugaşiga işonsak va umid qilsak ham, kelajakdagi tajovuzni töxtatiş uçun Ukrainani uzoq yillar davomida qöllab-quvvatlaşimiz, uning mudofaasini qurişimiz kerak», dedi Stoltenberg.
Biroq u Kiyev ham ba’zi narsalarda yon bosişga majbur bölişi mumkinligini inkor etmadi.
«Oxir-oqibat, Ukraina qanday murosaga tayyorligini özi hal qilişi kerak, biz ularga muzokaralar stolida maqbul natijaga erişadigan holatda böliş imkoniyatini berişimiz kerak», dedi NATO boş kotibi.
U hozir Kiyevni yon bosişga undamayotganini va «Ukraina ğalaba qozonganida» «haqiqiy tinçlikka» erişilişini qöşimça qildi.
Şimoliy Atlantika alyansi Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun 100 milliard dollarlik jamğarma yaratmoqçi. Yyens Stoltenberg sözlariga köra, ğoya Ukrainaga yordam körsatiş yukini alyansga a’zo davlatlar örtasida adolatli taqsimlaşni ta’minlaşdan iborat.













