Ukrainadagi uruşning 773-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylar Zaporijjyani öqqa tutdi. Tört kişi halok bölib, 20 dan ortiq kişi yaralangan.
- Rossiya mudofaa vazirligi beşta region uzra ukrainlarning 53 ta droni töxtatilgani haqida hisobot berdi.
- Ukraina naşrlari dronlar RFning uçta regionidagi aerodromlarga hujum qilgani haqida xabar berdi. Ularning ma’lumotiga köra, jami 19 ta samolyot yöq qilingan yoki zarar yetkazilgan.
- Rossiya Olimpiya qömitasi rahbari Parij Olimpiadasida neytral maqomda iştirok etişni rejalaştirgan rossiyalik tennisçilarni «çet el agentlari jamoasi» deb atadi.
- Yaponiya Rossiyaga 164 turdagi mahsulotlar eksportini hamda mamlakatga Rossiya olmosini olib kirişni taqiqladi.
- Çexiya hukumati Rossiya Yevropa temiryöllariga kiberhujumlar uyuştirgani haqida ma’lum qildi.
- The New York Times xabariga köra, Ukraina bu yozdagi sammitda NATO a’zoligi uçun taklif olmaydi. Bunga AQŞ va Germaniya qarşi bölgan.
Xarkiv öqqa tutilişi
6 aprelga ötar keçasi Rossiya qöşini Xarkiv böylab zarbalar berişi oqibatida yetti kişi halok bölgan. Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi zarba Shahed rusumli 32 ta dron bilan berilgan, şundan 28 tasi yöq qilingan. Şuningdek, hujumda X-101/X-555 rusumli ikkita qanotli raketa hamda «Kalibr» raketasidan foydalanilgan. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning sözlariga köra, zarba natijasida faqat fuqarolik obektlari şikastlangan, dastlabki ma’lumotlarga köra, bular töqqizta köp qavatli uy, uçta yotoqxona, boşqa binolar, avtomobillarga yonilği quyiş stansiyasi hamda önta avtomobil.
RF mudofaa vazirligi Xarkiv böylab zarbalarni izohlamagan, ammo şu kuni Belgorodga raketa zarbasi haqida xabar bergan. Region gubernatori Vyaçeslav Gladkov «şaharga kiriş joyida 10 ta havo nişoni yöq qilingani» haqida xabar bergan, ammmo hujum oqibatida kamida 12 ta köp kvartirali uylar, bolalar poliklinikasi, sport kompleksi va tijorat korxonalari şikastlangani aytilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.
Xarkiv oblastiga zarbalar keyingi kuni ham davom etdi: 7 aprelga ötar keçasi berilgan zarba oqibatida uç kişi jarohatlanib, 10 ta xususiy uy, bolalar boğçasi, uçta beş qavatli uy hamda uçta avtomobil şikastlangan, deya xabar beradi Oleg Sinegubov. Rossiya qöşini Xarkiv oblastining Kupyansk şahridagi turar joyga ham zarba bergan, natijada 85 yoşli ayol halok bölgan.


































