Yevropa koinot agentligi (ESA) sun’iy quyoş tutilişini yaratiş ustida işlamoqda. Ilgari bu ilojsiz edi, ammo zamonaviy texnologiyalar uşbu ajoyib ğoyani amalga oşirişga imkon beradi.

Missiya Proba-3 deb nomlandi. Loyiha doirasida olimlar Quyoşning kuzatiş qiyin bölgan mintaqalaridan biri — uning tojini örganmoqçi.

ESA ikkita alohida koinot apparatini uçirişni rejalaştirmoqda, ularni bir-biridan 150 metr masofada joylaştiradi. Şunda biri quyoşni tösadi va uning faqat toji körinadigan böladi. U xuddi kiçik Oy vazifasini bajaradi. Bu vaqtda ikkinçisi takomillaştirilgan koronagraf yordamida quyoş tojini kuzatişi kerak böladi.

Uşbu missiyadagi eng qiyin vazifalardan biri sun’iy yöldoşlarni bir çiziqqa joylaştiriş böladi. Reja amalga oşişi uçun millimetr miqdorida aniqlik kerak.

Agentlik Proba-3 Quyoşdagi jarayonlarni, şuningdek, ularning Yerdagi ob-havoga ta’sirini yaxşiroq örganiş imkonini beradi, deb hisoblamoqda. Bundan taşqari, ular Quyoşdan umumiy energiya çiqişi darajasini ölçaşni rejalaştirmoqda.

Hozir ikkala qurilma yakuniy integratsiyadan ötmoqda. Ular kuzda Hindistondagi PSLV-XL uçiriş qurilmasi yordamida koinotga yuboriladi. Uşbu missiya davomida olimlar quyoş tojini tabiiy tutiliş paytidagidek yaqindan köra olmaydilar, ammo «kuzatuv» ular uçun 5-10 daqiqa emas, balki bir neça soat davom etadi.