Yer aholisi 2025 yilda ikkita Quyoş va ikkita Oy tutilişiga guvoh böladi. Bu haqda Boku davlat universiteti astrofizika kafedrasi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, birinçi qisman Quyoş tutilişi 29 mart kuni sodir böladi. U soat 12:50:35 da boşlanadi va 16:43:25 gaça (3 soat 52 daqiqa 50 soniya) davom etadi. Mazkur hodisa Rossiya şimolida, Yevropa, Şimoli-ğarbiy Afrika va Atlantika okeanida körinadi.

Ikkinçi qisman Quyoş tutilişi 21 sentabrda sodir böladi. U soat 21:29:32 da boşlanadi va 22 sentabr soat 01:53:33 gaça (4 soat 22 daqiqa) davom etadi. Quyoş tutilişini Tinç okeani, Yangi Zelandiya va Antraktidadan turib kuzatiş mumkin böladi.

Birinçi töliq Oy tutilişi 14 mart sanasiga töğri keladi. U soat 09:09:33 da boşlanadi va 3 soat 38 daqiqa davom etadi. Uşbu hodisaga Tinç okeani, Amerika, Ğarbiy Yevropa, Ğarbiy Afrika hududida yaşovçilar guvoh böladi.

Ikkinçi töliq Oy tutilişining sanasi 7 sentabrga töğri keladi. U soat 20:27:02 da boşlanib, qariyb 3,5 soat davom etadi. Oy tutilişini Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyadan turib kuzatiş mumkin böladi.