Özbekistonda 2024 yilda Ramazon hayiti 10 aprel, çorşanba kuniga töğri kelişi kutilmoqda. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Özbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengaşining navbatdagi onlayn majlisida Ramazon hayitini kötarinki ruhda ötkazişga oid kun tartibidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yiğilişda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga töğri kelişi va hijriy 1445 yil Şavvol oyi hilolini kuzatiş böyiça qilinayotgan işlar hamda falakiy hisob-kitoblar atrofliça tahlil qilindi. 

Şuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil körib çiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari mas’ullari bilan ham uşbu masala keng muhokama qilindi», deyiladi xabarda.

Musulmonlar idorasi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatişlarga tayangan holda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprel, çorşanba kuniga töğri kelişi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Prezidentning 2024 yilda qöşimça dam oliş kunlarini belgilaş böyiça farmoniga asosan 11–12 aprel kunlari barça xodimlar uçun dam oliş kuni etib belgilangan.

Xodimlar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun ketma-ket dam olişadi

Bayram 10 aprel kuniga töğri kelişi munosabati bilan, dam oliş kunlari ketma-ketligi quyidagiça böladi:

  • 10 aprel, çorşanba — Ramazon hayiti kuni;
  • 11 aprel, payşanba — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
  • 12 aprel, juma — 13 aprel, şanba kunidan köçirilgan dam oliş kuni.

Şuningdek,

  • 13 aprel, şanba — barça uçun iş kuni;
  • 14 aprel, yakşanba — barça uçun dam oliş kuni böladi.