Yevroparlament Yevropa Ittifoqining boşpana töğrisidagi qonunini keng qamrovli isloh etiş böyiça yakuniy qarorini qabul qildi. 10 aprel, çorşanba kuni Bryusselda YeP a’zolari 2015 yildagi migratsiya inqirozidan beri muhokama qilinayotgan uşbu islohot doirasida barça önta qonunçilik taşabbusini qabul qildi.
Qonunlar töplami, jumladan, taşqi çegaralarda boşpana izlovçilar uçun tartib-qoidalarni tezlaştirişni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqida qoliş imkoniyati kam bölganlar çegarada qabul qilingan qarorlar bilan tezroq deportatsiya qilinadi.
Islohotning tarkibiy qismlaridan biri boşpana izlovçilarni Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasida taqsimlaş böyiça birdamlik mexanizmi hisoblanadi. Bu şuni anglatadiki, migrantlar Yevropa Ittifoqiga kirgan birinçi mamlakatlarda - Italiya, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Maltada - boşpana izlovçilar soni haddan taşqari köp bölsa, boşqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari boşpana izlovçilarni kvota tizimi böyiça qabul qilişga majbur böladi. Agar biron-bir davlat qoçqinlarni qabul qilişdan boş torsa, ular moliyaviy yordam körsatişi mumkin. Bundan taşqari, immigratsiya oqimi keskin oşgan hollarda harakat qiliş tartibga solindi.
Metsola: Birdamlik va mas’uliyat örtasidagi muvozanat
Tasdiqlangan özgarişlar töplami «birdamlik va mas’uliyat örtasidagi muvozanatni» saqlaydi, deb yozdi Yevroparlament raisi Roberta Metsola ijtimoiy tarmoqda. «Biz YeIda migratsiya va boşpana beriş muammolarini hal qiliş uçun işonçli qonunçilik bazasini yaratdik. Uni yaratiş uçun 10 yildan köproq vaqt ketdi. Lekin biz öz sözimizda turdik», dedi u.
Islohot nisbatan xavfsiz mamlakatlardan kelgan migrantlar uçun qoidalarni qat’iylaştiradi. U Yevropa Ittifoqiga noqonuniy immigratsiyani çeklaşi va noqonuniy immigratsiyaning asosiy qismi töğri keladigan Italiya, Gretsiya va boşqa mamlakatlar yukini yengillaştirişi kerak. Yevroparlament tomonidan ma’qullangandan söng, islohot Yevropa Ittifoqi kengaşi tomonidan tasdiqlanişi lozim, söngra Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ikki yil içida milliy qonunçilikni unga muvofiqlaştirişga majbur böladi.













