11 aprel kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşdi.
«Döstlik va özaro hurmatga asoslangan hamkorligimiz Özbekiston-Belarus kun tartibining barça jabhalarida jadal rivojlanib bormoqda. Özbekiston va Belarus taşqi işlar vazirliklari oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun barça imkoniyatlarini işga soladi», deb yozdi Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqda.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Özbekistonni hamkorlikni yanada faol rivojlantirişga çaqirdi. Tomonlar öz oldiga tovar ayirboşlaş hajmini milliard dollarga yetkazişni maqsad qilgan.
«Umid qilamanki, Özbekiston bu muammoni hal qiliş uçun bor kuçini sarflaydi. Biz kelişib olgan qöşma korxonalar taşkil etişga alohida e’tibor qaratişingizni sörayman. Biz bu bilan qiziqamiz. Özbekistonga taklif qiladigan narsamiz bor», dedi Lukaşenko.
Şuningdek, Baxtiyor Saidov Belarus taşqi işlar vaziri Sergey Aleynik bilan ham uçraşdi.
«Minskda bölib ötgan muzokaralarimiz rahbarlarimiz örtasida erişilgan kelişuvlar ijrosini batafsil körib çiqiş, şuningdek, ikki davlat aloqalarining barça yönalişlari böyiça fikr almaşiş uçun yaxşi imkoniyat yaratdi. Munosabatlarimiz köplab sohalarda ijobiy sur’at namoyon etayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Işbilarmon doiralar örtasidagi muloqotni mustahkamlaş, iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirişga kelişib oldik. Vazirliklarimiz örtasida 2024-2025 yillarga möljallangan Maslahatlaşuvlar dasturini ham imzoladik», deb yozdi Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqda.













