Toşkent şahrining Çilonzor tumanidan oqib ötuvçi Börijar kanalida 3 kişi çökib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda. Bu haqda RTV kanalida lavha berildi. 

Toşkent şahri FVB matbuot kotibining Kun.uz’ga xabar berişiça, baxtsiz hodisa 10 aprel kuni sodir bölgan. 

Dastlabki taxminlar va guvohlarning körsatmalariga köra, 5 yoşli bola kanal qirğoğida öynab yurganida, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tuşib, oqib ketgan. Buni körgan ayol kişi uni qutqarmoqçi bölib suvga tuşgan va u ham kuçli oqim oqibatida suvga ğarq bölgan. Bunga guvoh bölgan yana bir şaxs ularni qutqarmoqçi bölib, suvga sakragan va oqimga doş berolmay, çökib ketgan. 

Ayol va bola bir-biriga qarindoş emasligi ta’kidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uçinçi şaxsning jasadi qidirilmoqda.