Yevropa parlamenti Yevropa davlatlari Ukrainaga Rossiya raketa hujumlaridan himoyalaniş uçun qöşimça Patriot havo mudofaa tizimlarini yetkazib bermagani uçun Yevropa Ittifoqi kengaşining moliyalaştiriş böyiça qarorini keyinga qoldirdi. Bu haqda Yevroparlamentdagi Litva delegatsiyasi rahbari Andryus Kubilyus 11 aprel, payşanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. 

Ayni paytda, «Yevropa haqiqati»ning yozişiça, Yevropa Ittifoqi kengaşining budjetni tasdiqlaş haqidagi qarorini keyinga qoldiriş taşabbusi belgiyalik deputat Gi Verxofstadtdan çiqqan. Öz nutqida u Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga yangi qator hujumlari va Kiyevni qöşimça Patriot tizimlari bilan ta’minlaş zarurligiga işora qildi. Şu bilan birga, u Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lumotlariga tayanib, Yevropa Ittifoqida 100 ta şunday tizim mavjudligini va Ukraina ulardan yettitasini berişni söraganini ta’kidladi. 

Verxofstadt taklifini Yevroparlamentning 515 a’zosi qöllab-quvvatladi, 62 nafari qarşi ovoz berdi. «Yevropa kengaşi Ukrainani qöşimça Patriot raketaga qarşi mudofaa tizimlari bilan qöllab-quvvatlaş töğrisida qaror qabul qilmagunça parlament kengaş budjetini bajarişdan boş tortadi!» - deb yozdi Verxofstadt X ijtimoiy tarmoğida. 

Qaror ramziy ma’noga ega

Biroq DW’ning Yevroparlamentdagi manbasiga köra, budjetni tasdiqlaşni keyinga qoldiriş haqidagi qaror faqat ramziy ahamiyatga ega. DW suhbatdoşi sözlariga köra, gap liberal fraksiya rahbariyati tomonidan bildirilgan Ukraina bilan birdamlik körsatilişi haqida ketmoqda, «ammo bu Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining ukrainaliklarni zarur havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlaş töğrisidagi qaroriga qandaydir tarzda ta’sir qilişi dargumon».

Şu bilan birga, bunday qadam yevropaliklarga Ukraina zudlik bilan havo mudofaasiga muhtojligini va hozirgi vaziyatda barça mavjud vositalarni işga soliş zarurligini eslatişning yana bir usulidir, deb hisoblaydi u. 

RFning Ukrainaga yangi keng kölamli hujumlari 

11 aprelga ötar keçasi Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga keng kölamli qöşma aviazarba berdi. «Duşman yana bizning energetika infratuzilmamizga hujum qilmoqda. Xarkiv, Zaporijjya, Lviv va Kiyev viloyatlaridagi işlab çiqariş inşootlari va elektr uzatiş tizimlariga hujum qilindi», deb yozdi Ukraina energetika vaziri German Galuşçenko. Bundan taşqari, Odessa viloyatidagi energetika inşooti şikastlangan va Kiyev viloyatidagi Tripolskaya issiqlik elektr stansiyasi butunlay vayron qilingan. Xarkiv va mintaqada kamida önta portlaş sodir böldi. Hujum paytida «Naftogaz»ning ikkita yerosti gaz ombori hujumga uçradi.