Turkiyada bölib turgan özbekistonlik yigit töpponça bilan örtoğini otib qöygan. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, 2024 yil 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinçalik işlaş uçun kelgan ikki nafar Özbekiston fuqarolari Instagram tarmoğiga töpponça bilan video olib, joylamoqçi bölgan.

Videoni tasvirga oliş çoğida 22 yoşli S.G. xonadoşi va örtoği U.R. tomonidan otib qöyilgan. Boş qismiga öq tekkan S.G. hodisa yuz bergan joyda vafot etgan.

U.R.ning körsatmasiga köra, ikki örtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplaşib ötirişgan. Söng S.G. töpponça bilan video olmoqçi bölgan. U.R. töpponçani öqsiz deb öylab, bilmasdan S.G.ni otib qöygan.

Konsullikka köra, hozirda halok bölgan yigitning jasadini Özbekistonga yuboriş böyiça işlar olib borilmoqda.