2024 yilning 1-çoragida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan 318 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Oliy sud xabariga köra, uşbu şaxslarning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllandi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 4 343 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 2 344 nafariga jarima jazosi, 1 999 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qöllanildi.

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) bilan 134 nafar şaxs sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.

Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) bilan 40 nafar şaxs sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.