Roskomnadzor Rossiyada «Polit.ru» naşri saytiga kirişni blokladi va tahririyatni «işonçsiz ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni qayta-qayta joylaştirganlikda» aybladi. Bu haqda 12 aprel, juma kuni boşqarma matbuot xizmati xabar berdi. 

Bloklangan naşr - Runetdagi eng eskilaridan biri. Unga 1998 yil fevral oyida noşir Dmitriy Itskoviç, siyosatşunos Kirill Rogov va siyosiy strateg Modest Kolerov tomonidan asos solingan. Tahririyat Rossiya Federatsiyasi hududidagi blokirovkaga izoh bermadi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan buyon 10 mingdan ortiq saytlar bloklandi, önlab ommaviy axborot vositalari yopildi, bir neça yuzlab jurnalistlar mamlakatni tark etişga majbur böldi, deb xabar beradi mustaqil matbuot.