2022 yilning 2 dekabrida Samarqand şahrida bölib ötgan Özbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qöşma komissiyaning 3-majlisi doirasida ikkala mamlakat bojxona xizmati rahbarlari Özbekiston va Rossiyada bojxona xizmatlari vakolatxonalarini oçiş töğrisida bitim imzolaşgandi.

Mazkur bitim amalga oşib, Özbekiston Bojxona qömitasining Rossiyadagi vakili öz faoliyatini boşladi. 

Şu munosabat bilan Özbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Botir Asadov,  Özbekiston Bojxona qömitasining Rossiyadagi vakili etib tayinlangan Zafar Sanginov va Rossiya federal bojxona xizmati rahbari Ruslan Davidov iştirokida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli masalalarini muhokama qilişdi. 

Tahlillarga köra, 2016 yildan boşlab Özbekiston va Rossiya örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi yiliga 15-20 foizga ösib bormoqda. 

Bojxona qömitasi vakilining Rossiyada iş boşlaşi bojxona xizmatlari örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştiriş va faollaştirişga xizmat qiladi. Özbekiston bilan Rossiya örtasida tovarlar va transport vositalari erkin ötişiga tösqinlik qiladigan sabablarni baholaş, aniqlaş va joyida bartaraf etiş imkonini beradi.