Buxoro viloyatida ötkazilgan töy marosimida 50 dan oşiq odam ovqatdan zaharlangan. Bu haqda viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bölişiça, 2024 yil 12 aprel kuni soat 22:00 larda Buxoro tuman markaziy şifoxonasiga qorinda oğriq, köngil aynişi, qusiş va umumiy holsizlik bilan bemorlar murojaat qila boşlagan.
Anamnezda barça bemorlar Buxoro tumanida joylaşgan töyxonada ovqat iste’mol qiliş natijasida uşbu şikoyatlar kelib çiqqanini bildirişgan.
Zudlik bilan Buxoro tuman markaziy şifoxonasiga barça vraçlar safarbar etilgan. Şuningdek, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan ham tegişli mutaxassislar jalb etildi va murojaat qilganlar töliq körikdan ötkazilgan.
Barça bemorlarga “Ötkir diareya, gastritik va gastroenteritik şakli, örta oğirlikda keçişi. Ovqatdan zaharlaniş” taşxisi qöyilgan va tegişli infuzion terapiya boşlangan.
Buxoro tuman markaziy şifoxonasiga keç soat 03:00 ga qadar jami 16 nafar bemor (4 nafar bolalar, 12 nafar katta yoşdagilar) murojaat qilgan.
Bundan taşqari, Vobkent tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli markaziy şifoxonaga ham xuddi yuqoridagi şikoyatlar bilan jami 37 nafar bemor (9 nafar bola va 28 nafar kattalar) murojaat qilgan.
Ularga ham “Ötkir diareya, gastritik va gastroenteritik şakli, örta oğirlikda keçişi. Ovqatdan zaharlaniş” taşxisi qöyilib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan konsultatsiya ötkazilib, infuzion terapiya boşlangan.
13 aprel ertalab soat 09:00 holatida Buxoro tumanida davolanayotgan 11 nafar bemor va Vobkent tumanidan davolanayotgan 32 nafar bemorning ahvoli yaxşilanib, qoniqarli ahvolda uyiga javob berilgan.
Qayd etilişiça, qolgan bemorlar ham ahvoli yaxşilangaç uyiga javob beriladi. Tibbiyot brigadalari tomonidan töyda qatnaşgan mehmonlar ahvoli hududlar kesimida nazoratga olingan.
“Hurmatli fuqarolar, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga e’tiboringizni kuçaytirişingizni söraymiz”, deyiladi xabarda.













