Aprel oyining navbatdagi haftasi AQŞda inflatsiya ma’lumotlarining e’lon qilinişi va yangi geosiyosiy mojarolarning avj olişi bilan xarakterlandi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Qöşma Ştatlarda inflatsiya holati mart oyida yomonlaşişda davom etgan va yillik körsatkiç 0,3 foizga kötarilib, 3,5 foizni taşkil etgan. Ba’zi tahlilçilar buni Yaqin Şarqdagi mojarolar keskinlaşişi oqibatida yoqilği narxi oşişi bilan boğlamoqda. Çunki energiya resurslari inflatsiyada katta ta’sir kuçiga ega hisoblanadi. Eron va Isroil munosabatlaridagi keskinlikning ortişi yonilği bozorida yuqori tebranuvçanlikni yuzaga keltirdi. Dunyoda bölib ötayotgan voqea va hodisalarni inobatga olgan holda bir qator investitsion kompaniyalar, xomaşyo treyderlari va energiya sektorining yirik vakillari yaqin kelajakda neft narxi ösişini prognoz qilmoqda.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 8 apreldan 12 aprelgaça bölgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.  

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5123 (hafta boşidan -1,56 foiz, yil boşidan +7,41 foiz);
  • NASDAQ – 18003 (hafta boşidan -0,58 foiz, yil boşidan +7 foiz);
  • DJI – 37983 (hafta boşidan -2,37 foiz, yil boşidan +0,78 foiz).

500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 81 punktga, Dow Jones indeksi 921 punktga, NASDAQ indeksi esa 105 punktga pasaydi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2343 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +0,59 foiz, yil boşidan +13,6 foiz;
  • Kumuş – 27,9 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +1,88 foiz, yil boşidan +17,74 foiz;
  • Alyuminiy – 2471 dollar (1 tonnasi) hafta boşidan +1,17 foiz, yil boşidan +3,8 foiz:
  • Mis – 4,3 dollar (1 funti) hafta boşidan +1,85 foiz, yil boşidan +11,31 foiz.

Qimmatbaho metallarning barçasi ösiş sur’atini taqdim etdi. Masalan, alyuminiy va oltin mos ravişda 29 dollar va 14 dollarga ösgan bölsa, kumuş va mis 52 va 8 sentga qimmatlaşdi.

Neft

  • WTI – 85,4 dollar (hafta boşidan -1,47 foiz, yil boşidan +19,79 foiz);
  • BRENT – 90,15 dollar (hafta boşidan -0,79 foiz, yil boşidan +17,02 foiz).