Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2023/2024 öquv yili boşida Özbekistonddagi umumiy örta ta’lim taşkilotlarida ta’lim berayotgan öqituvçilar (örindoşlarsiz) soni 547,7 ming nafarni taşkil etgan.

Bu körsatkiç 2019/2020 öquv yili boşiga nisbatan soliştirilganda 61,1 ming nafarga oşgan.

Yillar kesimida umumiy örta ta’lim taşkilotlarida ta’lim berayotgan öqituvçilar (örindoşlarsiz) soni:

  • 2019/2020 öquv yili boşiga 486,6 ming nafar;
  • 2020/2021 öquv yili boşiga 508,2 ming nafar;
  • 2021/2022 öquv yili boşiga 510,0 ming nafar;
  • 2022/2023 öquv yili boşiga 521,6 ming nafar;
  • 2023/2024 öquv yili boşiga 547,7 ming nafar.

Ma’lumot uçun, 2023/2024 öquv yili boşida Özbekistonda faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani taşkil etgan.