«Krokus Siti Xoll»da terakt sodir bölganidan beri Amerika Qöşma Ştatlari Rossiya Federatsiyasining töğridan töğri iltimosiga binoan tergovga yordam beriş uçun Rossiya maxsus idoralari bilan ma’lumot almaşişni davom ettirdi. Bu haqda 14 aprel, yakşanba kuni AQŞning Rossiyadagi elçisi Linn Treysi ikki davlatning terrorizmga qarşi kuraşdagi hamkorligi haqidagi savolga javobida ma’lum qildi.
Treysining ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar «Kreml bilan juda real va çuqur kelişmovçiliklarga» qaramay, uşbu tergov doirasida Rossiya Federatsiyasi bilan özaro hamkorlikni rejalaştirişda davom etmoqda. «Qöşma Ştatlar Rossiya fuqarolari terrorizm tahdidi va adolatsiz ta’qiblardan himoyalangan xavfsizlik va qadr-qimmatda yaşaş huquqiga ega, deb hisoblaydi, şu jumladan, söz va yiğilişlar erkinligi huquqlarini amalga oşiriş uçun», - deya qöşimça qildi u.
WP: AQŞ Rossiyaga «Krokus»ni terrorçilar nişoni sifatida körsatgan
Aprel oyi boşida The Washington Post (WP) amerikalik mulozimlarga tayanib, AQŞ Rossiya maxsus xizmatlariga terrorçilik hujumi tahdidi haqidagi ma’lumotlarni yetkazar ekan, jangarilar potensial nişoni sifatida «Krokus Siti Xoll»ni körsatganini yozgan edi.
WP bilan suhbatlaşgan ekspertlar terrorçilarning aniq nişonini körsatiş odatiy bölmagan qadam ekanligini aytdi. «Axir, bu Qöşma Ştatlar razvedka ma’lumotlarini oliş usullarini oşkor qiliş xavfi bilan boğliq va razvedka faoliyati yoki inson manbalariga xavf tuğdirişi mumkin», ammo konsert zalida terakt tayyorlanişi haqidagi ma’lumotlar Rossiyadagi amerikaliklarga ham potensial tahdidni anglatardi, deya tuşuntirilgan maqolada.
«Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt
Moskva yaqinidagi Krasnogorskda «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum 22 mart kuni keçqurun «Piknik» guruhining çiqişi oldidan sodir böldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, avtomatlardan öt oçdi, bir neça portlaşlar eşitildi va yonğin boşlandi. Konsertga taşrif buyurganlar jurnalistlarga evakuatsiya bilan boğliq qiyinçiliklar haqida gapirib berdi: trevoga haqida ovozli signal yoqilmagan, eskalatorlar odatdagidek işlagan, köp eşiklar yopiq bölgan. Hujum qurbonlari soni 145 nafarni taşkil etdi, yana 551 kişi jarohat oldi.













