Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Islom Respublikasining Isroilga hujumi munosabati bilan Eronga qarşi qöşimça sanksiyalar joriy etişga çaqirdi. Bu haqda u 14 aprel, yakşanba kuni ARD ijtimoiy-huquqiy telekanalidagi Brennpunkt dasturi efirida aytdi.

Germaniya diplomatiyasi rahbarining ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi allaqaçon Tehronga Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlar yetkazib bergani uçun sanksiyalar kiritgan, biroq u jazo çoralarini kengaytiriş uçun «faol kampaniya olib bormoqda». «Biz uning (Eron) harakatlari qançalik xavfli ekanini köryapmiz», dedi Berbok Eronning Isroilga hujumini izohlar ekan. 

Jozep Borrel YeI taşqi işlar vazirlari favqulodda yiğilişini çaqirdi 

Avvalroq Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Eronning Isroilga hujumi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarini favqulodda yiğilişga çaqirdi. U 16 aprel kuni bölib ötişi kerak. «Bizning maqsadimiz – vaziyatni yumşatiş va mintaqa xavfsizligiga hissa qöşiş», dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari. 

Yevropa Ittifoqi «Eronning uçuvçisiz uçoqlar va raketalar yordamida Isroilga qilgan hujumlarini keskin qoralaydi. Bu misli körilmagan keskinlaşuv va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid», deb ta’kidladi Borrel. U barça tomonlarni «maksimal vazminlik»ga çaqirdi. 

Germaniya Eron hujumini qoraladi

Eronning «Bajarilgan va’da» operatsiyasi Suriyada ikki yuqori martabali eronlik zobitning öldirilişiga javob böldi. 1 aprel kuni Isroilning Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga uyuştirgan hujumi oqibatida 16 kişi, jumladan, eronlik ikki brigada generali halok böldi. Xalqaro hamjamiyat Yaqin Şarqda keng kölamli uruş xavfidan xavotirda.

Ğarb davlatlari Eronning harakatlarini keskin qoraladi. «Bu mas’uliyatsiz va asossiz hujum bilan Eron mintaqaviy uruşni qözğatiş xavfini tuğdiradi», dedi Germaniya kansleri Olaf Şols va Germaniya Isroil bilan qat’iy turişiga işontirdi. Öz navbatida, Annalena Berbok «butun mintaqani tartibsizlik holatiga olib kelişi mumkin bölgan» Eron hujumini keskin qoraladi.