Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşgani sababli Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 14 aprel, yakşanba kuni Tel-Aviv, Iroqning Erbil va Iordaniya poytaxti Ammanga parvozlarini 16 aprel, seşanba kuniga qadar töxtatganini ma’lum qildi. Isroil, Iordaniya va Iroq ustidagi havo hududi oçiqligiça qolmoqda. Lufthansa kamida 18 aprelgaça Bayrut va Tehronga uçmaydi.

Germaniyaning flagman aviataşuvçisi, şuningdek, Şveytsariya va Avstriya aviakompaniyalarini öz içiga olgan guruh öz bayonotida Yaqin Şarqdagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatni doimiy ravişda baholayotganini va rasmiylar bilan yaqin aloqada ekanligini bildirdi. 

Ikki kun oldin kompaniya Tehronga va undan 18 aprelgaça reyslarni töxtatib turişini va bu vaqt içida Eron havo hududidan foydalanmasligini e’lon qilgan edi. 

Eronning Isroilga hujumi

14 aprelga ötar keçasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyuştirdi. Isroil mudofaa kuçlari ma’lumotlariga köra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilişga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqçilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat taşqarisida urib tuşirişga muvaffaq bölgan. Faqat bir neçta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tuşib, «kiçik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.

Erondan taşqari, Isroilga hujumlar Yaman husiyçilari, şuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oşirilgan. 

10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga uyuştirilgan hujum uçun javob qaytariş bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok böldi. Şundan söng Eronning oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.