Norvegiya va Ukraina ikki tomonlama xavfsizlik şartnomasini tuzişga kelişib oldi. «Norvegiya Ukrainaga uzoq muddatli harbiy, siyosiy, moliyaviy va gumanitar yordam körsatadi», — dedi Norvegiya taşqi işlar vaziri Espen Bart Eyde 15 mart, duşanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng.
Şartnoma Volodimir Zelenskiyning Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styor bilan navbatdagi uçraşuvida imzolanadi, uning sanasi hali aniqlanmagan. «Kelişuv Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etiş böyiça aniq siyosiy majburiyatimizni körsatadi, xuddi biz Rossiyaning ikki yildan köproq vaqt oldin keng kölamli hujumidan keyin qilganimizdek», — deya qöşimça qildi Eyde. 2023 yilda Norvegiya Tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindori Fritof Nansen nomidagi köp yillik dastur doirasida Kiyevga 7 milliard yevroga yaqin mablağ ajratdi. Dastur 2027 yilgaça Ukrainaning harbiy va gumanitar ehtiyojlari uçun har yili mablağ ajratişni öz içiga oladi.
Öq-dorilar taqçilligi va rus armiyasining frontda olğa siljişi fonida Kiyev xavfsizlik böyiça Yevropa ittifoqçilari bilan munosabatlarni mustahkamlaşga intilmoqda. Ukraina bir qança davlatlar, jumladan, Germaniya, Britaniya va Fransiya bilan tegişli ikki tomonlama şartnomalarni imzolagan.













