Sönggi ikki hafta içida Polşa-Belarus çegarasini noqonuniy kesib ötişga urinişlar soni ortdi. Bu haqda 15 aprel, duşanba kuni Polşa çegara xizmati ma’lum qildi. Ötgan dam oliş kunlarining özida 669 ta şunday uriniş qayd etilgan, deya ta’kidladi bölim.
Umuman olganda, aprel oyida Belarusdan 3200 marta, 2024 yil boşidan buyon 6500 marta Polşa çegarasini noqonuniy kesib ötişga uriniş yuz berdi, deya ta’kidlab ötdi Polşa çegara xizmati matbuot kotibi PAP agentligiga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, çegarani ruxsatsiz kesib ötiş holati sifatida migrantlar tösiqdan yoki çegaradagi daryodan ötişi hisoblanadi, şundan söng ularni Polşa hududida çegaraçilar kutib oladi. «Çegarani noqonuniy kesib ötişga uriniş» şuningdek, çet elliklarning töğridan töğri çegara tösiğida bölişini ham öz içiga oladi, çunki u Polşa hududida joylaşgan.
Polşa-Belarus çegarasidagi inqiroz
2021 yilda Polşa-Belarus çegarasidagi vaziyat keskinlaşganidan söng minglab muhojirlar Yevropa Ittifoqi hududiga noqonuniy kirişga uringanida, Polşa Belarus bilan çegara tomoniga 5,5 metr balandlikdagi panjara va elektron kuzatuv tizimini örnatdi. Öşanda YeI davlatlari Aleksandr Lukaşenkoni ğarbga bosim ötkaziş uçun inqirozli hududlardan Yevropa çegarasiga migrantlarni yetkazişni taşkil qilişda aybladi.













