Rossiyaning Qozon şahrida qarovsiz qolib ketgan bolalar Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Bolalar ombudsmaniga Namangan viloyatida yaşovçi X.X.dan murojaat kelib tuşgan.

Ayol murojaatida Rossiya Federatsiyasining Qozon şahrida özining 2012 yilda tuğilgan qizi, 2015 yilda tuğilgan öğli hamda turmuş örtoği K.G. bilan birga yaşaganini, 2024 yilning 12 fevral kuni turmuş örtoği öğlini urganligi sababli bolasi politsiya tomonidan kasalxonaga joylaştirilganini ma’lum qilgan. Politsiya xorijda yaşaşga oid tegişli hujjatlar taqdim etilsa, bolani onaga qaytarişini aytgan.

Hujjatlardagi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun Qozoğiston hududiga ötgan ayol taqiq tufayli Rossiyaga qayta kira olmasdan Özbekistonga qaytib kelgan. Uning bolalari esa Qozon şahrida qarovsiz qolib ketgan.

Holat Bolalar ombudsmani sörovi asosida Taşqi işlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Içki işlar vazirligi tomonidan örganilgan.

Özbekiston Respublikasining Qozon şahridagi Boş konsulxonasi xodimlari tomonidan olib borilgan örganiş natijasida voyaga yetmagan J.N. va N.U. Qozon şahridagi 41-sonli örta maktabda ta’lim olganligi aniqlangan. G.K. maktab hududida öğliga nisbatan jismoniy kuç işlatgani sababli ular 18-sonli bolalar şifoxonasida tibbiy körikdan ötkazilgan.

Boş konsulxona tomonidan Qozon şahri Vaxitov va Privoljsk tumani vasiylik organi bilan muzokaralar olib borilgan. Vasiylik organi bolalarning ota-onasi Rossiyaga kirişga imkoniyati yöqligini inobatga olgan holda ularni Özbekistonga yuborişga ruxsat bergan.

IIV tomonidan 15 aprel kuni voyaga yetmagan N.U. va J.N. Özbekistonga qaytarib olib kelingan va onasi qaramoğiga topşirilgan.

Oldinroq Rossiyada onasi qamalib, özlari qarovsiz qolib ketgan opa-singil Moskvadagi elçixonaga olib borilgani va ular tez kunda Özbekistonga jönatilişi xabar qilingandi.