Dunyoda sodir bölgan yangiliklar, voqea-hodisalarning qisqaça tafsilotlari bilan taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Ğazoda Isroil agressiyasi qurbonlari 33 ming 797 nafar yetgan.
7 oktyabrdan buyon davom etayotgan qirğin davomida Isroil 193 marta aviahujumlar uyuştirgan va 3 mingga yaqin ommaviy qirğinlarni amalga oşirgan. Bu kuniga örtaça 16 tadan qirğin amalga oşirilganini bildiradi. 70 ming tonnadan ziyod portlovçi moddalarni odamlar ustiga yoğdirgan.
Öldirilgan 34 mingga yaqin insonlarning kamida 14 ming 600 nafarini voyaga yetmagan yoş bolalar, 9600 ga yaqinini ayollar taşkil etadi.
Yaradorlar soni 76 ming 465 nafarni taşkil etgan.
Yetkazilgan zararlarga nazar taşlaydigan bölsak, 70 mingdan ziyod turar joylar, 233 ta masjid, 203 ta tarixiy-madaniy obektlar, 100 dan ortiq maktablar va universitetlar, 3 ta çerkov töliq yöq qilingan.
290 mingdan ortiq turar joylar, 305 ta maktab va universitetlarga jiddiy ziyon yetkazilgan.
Isroil şuningdek 159 ta tibbiyot muassasalariga hujum qilgan. 59 ta tibbiyot markazlari va 32 ta kasalxona işdan çiqarilgan.
Isroilning Eronga hujumi
Isroil harbiy vazirlar mahkamasi «Eron va uning işonçli vakillariga aniq qanday javob qaytariş haqida qaror qabul qildi, biroq hozirça uning vaqtini belgilamadi», deb yozadi The Jerusalem Post.
«Çunki vaqt turliça bölişi mumkin va zarur bölgan barça murakkab tayyorgarliklar tufayli qaror özgarişi mumkin», deb davom etadi naşr «Biroq qarorning özi Isroil rahbariyati öç oliş uçun jiddiyligi va qat’iyatini körsatadi. Quddus mintaqaviy uruşga aylanib ketmasligi uçun hujumni yumşatişga harakat qilişda davom etyapti».
Mualliflarning kuzatuvlariga köra, «muhim signallar yaqin kunlarda yirik hujum (Isroil tomonidan) sodir bölmasligi va hatto uzoqroq muddatga keçiktirilişi mumkinligini körsatadi».
Naşrning yozişiça, hujumning mohiyati quyidagi ssenariylar bölişi mumkin:












