Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan söng, Avstriyaning «Rayffayzenbank»i boşqa köplab ğarb kompaniyalari misolida Rossiya bozorini tark etiş niyatini e’lon qildi. Biroq, buning örniga, bank Rossiya Federatsiyasida öz faoliyatini kengaytirayotgan körinadi. Financial Times gazetasi 16 aprel, seşanba kungi naşrida şunday xulosaga keldi.
Jurnalistlar Rossiyada «Rayffayzenbank» tomonidan 2023 yil dekabridan beri çop etilgan 2400 ta iş örinlari haqidagi e’lonlarni aniqladi. Deyarli 1500 ta taklif, maqolada körsatilganidek, savdo menejerlari va mijozlarga xizmat körsatiş böyiça böş iş örinlari bilan boğliq. Bankning Rossiyadagi örta biznesga xizmat körsatuvçi bölimi tomonidan e’lon qilingan xabarlardan birida aytilişiça, bank «asosiy maqsadlari özining faol mijozlar bazasini qayta kengaytiriş va daromadlarning ikki raqamli ösişini ta’minlaşdan iborat». Boşqa xabarda kompaniya iş haqi xizmatlari sohasida «korporativ mijozlar bazasini faol ravişda kengaytirayotgani» ta’kidlanadi.
Rossiya Ukrainaga qarşi uruş boşlaganidan ikki yil ötib, ilgari bozorni tark etiş niyatini e’lon qilgan «Rayffayzenbank» «Rossiyadagi eng yirik operatsiyalarga ega» ğarb kredit muassasasiga aylandi, deb yozadi FT. Bugun u AQŞ Moliya vazirligining diqqat markazida va Yevropa Markaziy banki Rossiyadan aktivlarini olib çiqişni talab qilib, unga bosim ötkazmoqda, deya eslatadi jurnalistlar.
«Rayffayzenbank» RFdagi böş iş örinlari bilan boğliq tekşiruvni boşladi
Gazeta izoh oliş uçun boğlangan «Rayffayzenbank» rasmiylari FT xulosalari bank boş direktori Yoxann Ştroblga «zudlik bilan tekşiruv ötkaziş»ga turtki berganini aytdi.
«Rossiya biznesining qisqarişi 2024 yilda ham davom etadi. «Rayffayzen» «Rayffayzenbank Rossiya»ning guruhdan dekonsolidatsiyalanişiga olib keladigan potensial bitim, sotiş yoki ajralib çiqiş ustida işlaşda davom etadi», - deya bank bayonotidan iqtibos keltiradi naşr. Şu bilan birga, «Rayffayzenbank» ta’kidlaganidek, «böş iş örinlari haqidagi e’lonlar RBI (Raiffeisen Bank International) tomonidan Rossiya biznesini qisqartiriş böyiça körilayotgan çoralarni aks ettirmaydi va Rossiya biznesi uçun kelajakdagi rejalarga mos kelmaydi».
Öz navbatida, Avstriyadagi «Rayffayzenbank»ning yuqori lavozimli direktori Rossiyada böş iş örinlari reklamasi «juda noqulay» ekanligini hamda uni olib taşlaş yoki qayta yoziş talablari bilan boğliq vahima reaksiyasini keltirib çiqarganini ma’lum qildi.
Bank rahbariyatining sözlariga köra, u qiyin vaziyatda, çunki Rossiyada olingan foyda keyingi investitsiyalar (repatriatsiya) uçun çet elga qaytarilişi mumkin emas va Rossiya Federatsiyasida biznesni sotiş böyiça har qanday operatsiyani amalga oşiriş uçun Kreml roziligi talab qilinadi. Şu bilan birga, bank Rossiyaning uruş davridagi iqtisodiyotini oçiqdan-oçiq qöllab-quvvatlamasdan, xaridorni jalb qiliş uçun Rossiyadagi öz biznesini davom ettirişi kerak, deya qöşimça qildi bank.









