Özbekistonda kömir narxlarini bozor tamoyillari asosida şakllantirişga ötiş rejalaştirilmoqda. Bu – Vazirlar Mahkamasining energoresurslarga yangi tariflar joriy etiş töğrisidagi qarorida belgilangan.
Qarorga köra, tegişli vazirlik va idoralarga 1 oy muddatda kömirning ulgurji va çakana narxlarini bozor tamoyillari asosida şakllantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş topşirildi.
Hozirda aholi, budjet taşkilotlari va issiqlik elektr stansiyalariga töğridan töğri şartnomalar asosida yetkazib beriladigan kömir ijtimoiy ahamiyatli tovar hisoblanadi va narxi davlat tomonidan tartibga solinadi.
Kömirning ulgurji va çakana narxlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan har yili kamida bir marta (1 iyunga qadar) körib çiqilib, tasdiqlanadi. Belgilangan çakana narxdagi kömir aholiga “Kömir ta’minot” AJning kömir omborlari orqali sotiladi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Özbekistonda 6,19 mln tonna kömir qazib olingan bölib, bu – 2022 yilga nisbatan 15,5 foizga yuqori. 2024 yilda kömir qazib olişni yana 22 foizga oşiriş reja qilingan.
Şuningdek, ötgan yili 204 mln dollarlik kömir import qilingan, bu bir yil oldingidan 67,8 foizga köp. Xususan, 2023 yilda Qozoğistondan kömir importi 82,3 foizga oşib, 3,1 mln tonnaga yetgan.













