Özbekistonga çetdan lift olib kirişda tadbirkorlar 20 martdan boşlab muammoga duç kela boşlaşdi. Gap şundaki, mamlakatga xorijdan lift olib kiruvçi importçilarning tovarlari mart oyining oxirgi 10 kunligidan boşlab bojxonadan ötkazilmagan. Tadbirkorlarning ta’kidlaşiça, bunga sabab sifatida ularga berilgan muvofiqlik sertifikatlari bekor qilingani körsatilyapti. Ammo qanday sabablarga köra bekor qilingani haqida mas’ul idoralar izoh bermagan.

Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi saytidagi ma’lumotlarga köra, Özbekistonga lift import qiluvçi 17ta importyorning muvofiqlik sertifikati 2024 yil 20 martdan keyin birin-ketin vaqtinça töxtatilgan.

Kun.uz'ga murojaat qilgan tadbirkorlarning aytişiça, bu holat barça importçilar bilan kuzatilyapti.

Xitoyda işlab çiqariladigan Fuji brendi ostidagi liftlarning Özbekistondagi rasmiy dileri, “Lifton” MÇJ rahbari örinbosari Olimjon Alimov vaziyatni batafsil tuşuntirib berdi. Uning aytişiça, mas’ul idoralar tomonidan 2023 yil avgust oyida liftlarini Özbekistonga olib kiradigan Xitoy kompaniyalariga 3 yilga muvofiqlik sertifikatini bergan.

“Biz hozir Jejiang Xuasia Elevator nomli Xitoy kompaniyasining Fuji brendi ostidagi liftlarini Özbekistonga import qilamiz, örnatamiz va ularga xizmat körsatamiz. Ötgan yili avgust oyida importga qöşimça çeklovlar kiritildi, ya’ni Özbekiston içki bozoriga sifatsiz mahsulotlar kirib kelişining oldi olindi. Bunda bizga Özbekiston hududiga mahsulotlarni muvofiqlik sertifikati bölsagina olib kiriş talabi qöyildi. Sanoat xavfsizligi [muassasasi]dan mutaxassislar biz bilan Xitoyga borib, hamma tekşiruvlar, jumladan, lift laboratoriya, işlab çiqariş, mahsulotlarni tekşiriş kabilarni amalga oşirgaç, asosli deb topganidan keyin sertifikatlar berdi. Şundan keyin hozirgi kungaça faoliyatimiz davomida heç qanaqa tösiqlar bölgani yöq, Özbekistonga [lift] olib kelişda davom etayotgandik.

Bizni qiynayotgan muammo çetdan kirib kelayotgan mahsulotlarimizning bojxonada töxtatilayotgani va bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilmayotganida. Sababini söraganimizda muvofiqlik sertifikatlarimiz bekor qilinganini aytişdi, vaholanki, bu sertifikatlar 3 yilga amal qiladi, albatta har yili qöşimça tekşiruvlar ötkaziş şarti bilan”, – deydi u.

Yana bir importçi Olimjon Rahimovning sözlariga köra, Özbekiston tomoni import liftlari böyiça talablarni kuçaytirgani yaxşi, ammo hukumat özi bergan sertifikatlarni asosli izoh körsatmagan holda töxtatib qöygani tuşunarsiz holat bölyapti.

“15 yildan oşiqroq tajribaga egamiz. Mutaxassislarimiz xalqaro kompaniyalarda işlab kelgan. Yaqinda investor jalb qiliş uçun Xitoyga borgandim, qaytib kelganimda bojxonada rasmiylaştiriş jarayonini boşladik. Birinçi deklaratsiya jönatganimizda, “Sizda muvofiqlik sertifikati yöq” degan xat keldi. Biz hamma qatori Özbekiston standartlariga mos ravişda ötgan yili avgust oyida Xitoyda “Sanoat xavfsizligi” mas’ullari bilan barça liftlarimizni tekşirtirib kelganmiz. Özbekiston normativiga mos liftlarni olib kira boşlaganmiz. Bu talab töğri deb öylayman, çunki Özbekistonning talablari kuçliroq, men şunday liftlar olib kirilişi tarafdoriman.

Xitoydan kelganimdan keyin bojxonaga telefon qilsam, sizning muvofiqlik sertifikatingiz bekor qilingan deyişdi. Hayron böldim, bu sertifikat menga emas, men import qiladigan kompaniyaga berilgan. Agentlikka murojaat qildim, lekin javob ololmadim, bir neça marta eşigining tagidan qaytib keldim. Zavodimizga ham asosli javob berilmadi”, – deydi Olimjon Rahimov.

Delfar Fuji Cn kompaniyasi liftlari importçisi Davron Boymirzayevning ta’kidlaşiça, Xitoydagi kompaniyalar muvofiqlik sertifikatini oliş uçun yaxşigina pul tölagan.

“Xitoyliklarning aytişiça, Özbekistondan boşqa davlatlar ham bunday talablar qöygan, ammo eng qimmat sertifikat Özbekistonniki ekan. Xitoy kompaniyalari har bir muvofiqlik sertifikati uçun 54 ming dollar tölab berişgan. Kompaniyalar bu pullarni töliq tölab berib, muvofiqlik sertifikatini olişgan. Biz uçun ham, Xitoy kompaniyalari uçun ham keça berilgan sertifikatlarning bugun bekor qilinişi tuşunarsiz holat bölyapti. Bu nafaqat içki, balki xalqaro muammoga ham aylanyapti. Xitoy kompaniyalari Özbekistonga “şu muammoni yeçib beringlar deb çiqişi yoki tölagan pullarini qaytarib berişni talab qilişi mumkin”, – deydi u.

Tadbirkorlarning aytişiça, Özbekistonga lift import qilişga ruxsat beruvçi muvofiqlik sertifikatiga ega kompaniyalar soni 17ga yaqin. Ularning hammasi şu muammoga duç kelgan, lekin ularning hali birortasi ham bojxonadan tovarini olib çiqmagan.

“Oldindan, bir yoki ikki oyda faoliyatingiz yakunlanadi deb aytilişi kerak. Keskin ravişda bir keçada yakunlanişi tadbirkorlik faoliyatimizni oğir ahvolga solib qöyyapti”, – deydi Olimjon Alimov.

Tadbirkorlar yangi olingan şartnomalarni töxtatişga majbur bölyapti. Ular quriliş kompaniyalari liftlarni örnatib bölmagunça uylarni sota olmasligini ta’kidlarkan, birgina liftlarga sertifikatlarning töxtatilişi ortidan nafaqat importçilar, balki quriliş kompaniyalari uçun ham muammo yuzaga kelayotganini aytmoqda.

“Biz ham aytgan vaqtimizda olib kelmasak, quriliş kompaniyalari bizga bosim qiladi, Xitoy kompaniyalari bilan muomalamiz buziladi. Tovarlarimiz bojxonada turgan har bir kun uçun pul hisoblanib ketaveradi. Işlarimizni oldinga siljita olmay turaveramiz”, – deydi Davron Boymirzayev.

Yana bir importçi Olimjon Rahimov bu holatdan keyin Özbekistonga kiriş niyati bölgan investorlardan biri ikkilanib qolganini aytadi.

“Top-10talikka kirgan şarq brendini Özbekistonga jalb qiliş uçun ançadan beri muzokara olib borayotgandim. Investorimiz rozi bölgandi, endi işlaş jarayoni ketayotgandi. Bu gaplarni eşitib investor hafsalasi pir böldi. “Sizlarda şunday holatlar kuzatilsa, men sarflagan pullarimni qanday çiqaraman”, deb öylanib qoldi.

Kompaniyalar raqobatga bardoş berişi kerak. Çetdan kirib keladimi, agar yaxşi kompaniya bölsa, raqobatga çidaşi kerak. Agar savdoni, importni çeklaşsa, raqobat bölmaydi. Zarar quruvçiga, undan xalqqa boradi. Raqobat yöqligi narxlarni qimmatlaştiradi. Biz oçiq-oydin raqobatni xohlaymiz. Hozir bitta işlab çiqaruvçi lift yoki eskalator böyiça savdoni çeklasa, boşqa investorlar ham bu yerda işlaş borasida öylanib qoladi. Importni töxtatiş xato”, – deydi u.

U sözlarini yakunlarkan, quruvçi kompaniyalar importçilar ularga komfort yaratib bergani, yaxşi servis körsatgani uçun ular bilan işlaşni xohlaşini ta’kidlaydi. “Mijozlarimiz ham şunga yaraşa. Balki boşqa kompaniyalardan arzonroq narsa taklif qilayotgandirmiz”, – deydi Olimjon Rahimov.

Mas’ullar nima deydi?

Kun.uz söroviga javoban Toğ-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasining ma’lum qilişiça, liftlarga beriladigan muvofiqlik sertifikatlari hukumat topşiriği bilan vaqtinça töxtatilgan.

Inspeksiyaning tuşuntirişiça, Özbekistonda liftlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 noyabrdagi 602-sonli va 2017 yil 6 oktyabrdagi “Liftlarning xavfsizligi töğrisida”gi 801-son qarorlari bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglament talablariga muvofiq tartibga solingan.

“Şuningdek, Adliya vazirligidan 2005 yil 18 martda 1458-son bilan röyxatdan ötgan “Mahsulotlarni sertifikatlaştiriş qoidalari”ga muvofiq liftlarni sertifikatlaştirişda 3 xil sxema qöllanadi.

Ulardan biri 3-çizma bölib, mahsulotni seriyali işlab çiqariş uçun sertifikatsiyalaşda qöllanadi, majburiy körsatkiçlarni tekşiriş uçun mahsulotni akkreditatlangan sinov laboratoriyasida sinaş va işlab çiqarişni baholaşni nazarda tutadi. Mazkur çizma inspeksiya nazoratidan ötkazişni ham nazarda tutadi va sertifikat 3 yil muddatga beriladi.

Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi tomonidan liftlarni sertifikatsiyalaş yönalişini yanada takomillaştiriş böyiça işlar örganilib, takliflar tayyorlangan. Hukumat topşiriği bilan şu takliflar asosida “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida muayyan vaqt mobaynida Inspeksion örganişlar olib boradi.

Örganişlar natijalari yakunlangaç, sertifikatlaş böyiça “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasi öz faoliyatini odatiy tarzda davom ettirişini e’lon qilamiz”, – deyiladi matbuot xizmati tomonidan berilgan izohda.

Inspeksiya nima sababdan tadbirkorlar bu özgariş haqida oldindan ogohlantirilmagani borasidagi savolga javob bermadi.

Hozirgi vaziyat importçilarning faoliyati töxtab qolişiga, tovarlar bojxonada qolib ketişi ortidan ularga ortiqça xarajatlar yuzaga kelişiga va xorijiy hamkorlar bilan tuşunmovçiliklar yuzaga kelişiga sabab bölyapti.

Madina Oçilova tayyorladi.