Polşa Rossiya Federatsiyasining ehtimoliy hujumiga qarşi havo kengliklarini himoya qilişni kuçaytiriş maqsadida «Yevropa osmon qalqoni» taşabbusi (European Sky Shield Initiative, ESSI) loyihasida iştirok etiş masalasini jiddiy körib çiqmoqda. «Bizning bugungi vazifamiz Polşani Isroil kabi xavfsiz qiliş uçun havo hududini himoya etiş maqsadida barça tizimlardan foydalanişdir», dedi boş vazir Donald Tusk 16 aprel, seşanba kuni xavfsizlik masalalari böyiça hukumat yiğilişidan söng.
Tuskning ta’kidlaşiça, Eronning Isroilga hujumi paytida Isroil deyarli barça raketa va uçuvçisiz uçoqlarni tutib olişga muvaffaq bölgan, Ukraina esa Rossiya raketalarining uçdan bir qismini yöq qildi. «Bundan kelib çiqadiki, xavfsizlik darajasini oşiriş uçun siz hududingiz ustidagi havo böşliğini nazorat qilişingiz kerak», - deya Polşa boş vazirining sözlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi.
«Yevropa osmon qalqoni» loyihasi
Germaniya taşabbusi bilan yaratilgan «Yevropa osmon qalqoni» havo mudofaa tizimi NATOning himoya soyabonini mustahkamlaşga möljallangan. Loyiha Yevropa mamlakatlari tomonidan IRIS-T SLM havo mudofaa tizimlarini birgalikda sotib olişni nazarda tutadi.
Polşada Germaniya taşabbusida iştirok etiş böyiça konsensus yöq. Prezident Anjyey Duda avvalroq ESSI’ni Varşava qöşilmasligi kerak bölgan «nemis biznes loyihasi» deb atagan, çunki u AQŞ va Britaniya bilan birga Patriot tizimlaridan foydalanadi. Mamlakat boş vaziri Donald Tusk buning teskarisini ta’kidlab, öz nuqtayi nazarini Rossiya Federatsiyasidan tahdid kuçayib borayotgan bir şaroitda havo hujumidan mudofaa böyiça bir neçta loyihalarda Polşa iştiroki heç qanday zarar keltirmasligini körayotgan polşalik harbiylarning dalillari bilan tasdiqlaydi.
Prezident Polşada qurolli kuçlar uçun mas’uldir, ammo hukumat qurol sotib oliş böyiça qarorlar qabul qiladi. Tusk va Duda turli siyosiy lagerlarni ifodalaydi va köplab içki siyosat masalalar böyiça kelişa olmaydi. Şu bilan birga, Polşa Ukrainaning Rossiya bilan uruşdagi eng yaqin harbiy ittifoqçilaridan biridir. Ğarb harbiy yordami mamlakat orqali Kiyevga yetkaziladi. Bu fakt Varşavani Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi hamkorlari orasida Rossiya Federatsiyasi uçun asosiy potensial maqsadlardan biriga aylantiradi.












