Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumani prokuraturasi tergovçisi 5 ming dollar pora bilan uşlandi. U qamoq ehtiyot çorasi qöllamaslik evaziga ta’magirlik qilgani ta’kidlanmoqda. 

Qayd qilinişiça, Mirişkor tumanida yaşovçi fuqaro 2021 yil mart oyida bankdan 450 mln söm miqdorida imtiyozli kredit olgan. Lekin, imtiyozli kredit maqsadli yönaltirilmaganligi sababli, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Qarşi tumani bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib boriş uçun Qarşi tumani prokuraturasiga yuborilgan. 

Tuman prokuraturasi tergovçisi (uning ismi şarifi xabarda keltirilmagan) kredit ajratilgan korxona rahbari bölgan ayolga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllamaslik evaziga, ta’magirlik yöli bilan undan 5 ming dollar miqdorida pora talab qilgan. 

DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, tergovçi söralgan pul mablağini özining xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.