— Isroil öz harbiylarini Ğazodan qisman olib çiqqanidan söng hududda hozirgi vaziyat qanday?
— Ğazoda juda katta humanitar inqiroz vujudga kelib böldi. Ma’lum darajada Isroil qöşinlarining olib çiqilişida 2 ta asosiy omil rol öynadi. Birinçisi – AQŞ va Ğarb davlatlarining bosimi. Töğri, sanksiyalar, ultimatumlar darajasidagi bosimlar bölgani yöq, şunçaki axborot bosimi va qöllamaslikni bildirib, tanqid qilişlar köp böldi. Bunday holatda Isroil öz imiji ustida işlaşiga töğri keladi, ittifoqçilari bilan hisoblaşişga ham majbur.
Ikkinçisi – Isroil Ğazoda doim ham ğalabali harakat olib bormadi. Infratuzilmani vayron qilgandir, 34 ming odam öldirildi, lekin strategik ğalabaga erişilmadi. Strategik ğalaba – HAMASni butunlay yöq qiliş. Lekin butkul yöqotolmasligini Isroil ham biladi, HAMAS bu – Ğazo xalqi demak.
Isroil Rafahdan çiqib turişiga sabablardan biri – harbiy strategiyasini boşqatdan öylab oliş. Isroilda ham yöqotişlar bor. Bu vaqt davomida harbiy harakatlar taktikasiga ma’lum özgartirişlar kiritadi, Rafahni qayta örganib çiqadi, deb taxmin qiliş mumkin.
— Eronning Isroilga qilgan javob hujumi Isroil harbiy strategiyasida özgarişlarga sabab bölişi mumkinmi?
— Isroil Yaqin Şarqda katta salohiyatga ega davlatlardan biri. Uning Eronga zarba beriş ehtimoli katta, çunki buning uçun siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnologik imkoniyatlarga ega. Faqat bu zarba qaçon va qanday bölişi söroq ostida turibdi. Isroilning raketalari bemalol Eronga yetib boradi. Ba’zi ma’lumotlarga köra, Isroilning Eronga nisbatan asosiy da’vosi – uning harbiy kuçlariga emas, balki yadro dasturiga qaratilgan. Isroil özidagi yadro qurolini tan olmaydi va yaşirib keladi. Isroil Yaqin Şarqda heç bir musulmon davlati yadro quroliga ega bölişini istamaydi. Köryaptiki, Eronda bu borada yetarliça ilmiy, texnologik şaroit yaratilgan va yaqin yillarda yadro quroliga ega bölişi mumkin. Agar şunday bölsa, Isroil özini bemalol, xavfsiz his qila olmaydi va xohlagan işini qilişga ham tösqinlik böladi bu. Şu sabab Isroil Eronga hujum qilsa, bu Eronniki kabi oddiy bölmaydi, katta talafotga olib keluvçi zarba beradi.
— Eron raketa va dronlari Isroilga talafot yetkaza olmagan bölsa-da, dunyoda Isroilga heç kim heç narsa deyolmaydi, degan tafakkurning özgarişiga olib kelmadimi?
— Albatta, şunday fikrlarni özgartirdi. Eronning zarbalari Isroilga katta zarar yetkazmadi, çunki Eron vaziyatni çigallaştirişni istamaydi. Javob berişi kerak bölgani uçun zarba berdi, Eron buning oqibatini öylaydigan davlat. U Isroil bilan asosan bilvosita uruş olib boradi, ya’ni qaysidir taşkilot, guruhlar orqali.
Şu paytgaça Eron Isroilga töğridan töğri xavf solmagan, agar şunday qilsa katta uruşga tortilişiga olib kelişini biladi. Şu sabab töğridan töğri konfliktga bormaslikka harakat qiladi. Lekin oxirgi vaziyatlar alohida masala. Isroil tomonidan Eronning konsulligiga zarba berilişi uning ğururiga tegdi va Eron şu tariqa javob berdi. Lekin Isroil tomoni zarba bersa, bunday yumşoq zarba bilan çeklanmaydi, qattiq zarba berişga tayyor Isroil.
Vaziyatga qaraydigan bölsak, Isroil harbiy ittifoqçilar jihatdan ham ustun, birinçi navbatda AQŞ va Britaniya. AQŞ va Britaniya katta uruşlarni istamasligi mumkin, lekin Eronni jazolaş uçun ma’lum bir harbiy operatsiyalar ötkaza oladi. Lekin Eron ham javob beradi. Şu sabab ham ular Eron va Isroil örtasida uruş kelib çiqişini xohlamaydi.
Bundan taşqari, Isroil yuqori darajadagi, hatto aqlli texnologiyalarga ega. Masalan, Eronda Muhsin Faxrizodaning öldirilişi ham şunday texnologiya bilan bölgandi.
— Eron va Isroil munosabatining Ğazoga, Isroilning Rafahga kiriş rejasiga ta’siri qanday böladi?
— Fikrimça, Ğazodagi vaziyat va Eron bilan munosabatlar örtasida boğliqlik kam. Ğazoda asosan sunniy musulmonlar yaşaydi. Ğazo masalasi Isroilning oldindan bölgan strategiyasi, hozir Ğazoning oxirgi egallanmagan punkti – Rafah. Rafahda 1,5 mln aholi töplangan, u yerda ölimlar soni oşib ketsa, Isroil imiji butkul qora böladi. Şuning uçun bu nuqtada öylabroq harakat qilyapti. AQŞ va Ğarb davlatlari Isroilni ehtiyotsizlik qilişda, tinç aholi köp qurbon bölayotganida aybladi, arab davlatlari butunlay Isroilga qarşi çora körişga çaqiryapti, Turkiya unga yetkazilayotgan mahsulotlarni töxtatişga qaror qildi. AQŞ real bosim qila oldi. Musulmon davlatlarining fikri esa Isroil uçun doim ham qiziq emas.
Eron va Ğazo bir-biriga boğliq emas. Eronning asosiy qiziqiş nuqtalari Livan va Suriya, çunki u yerda şialar bor. Eronning asosiy maqsadi – Isroilni butunlay yöq qiliş, bu böyiça harbiy doktrinasi ham bor. Isroil esa bir vaqtning özida Ğazoda ham, Eron bilan ham, Livanda ham harbiy operatsiyalar olib borişi mumkin, çunki çeksiz qöllov bor. Birinçi örinda AQŞ, keyin Germaniya, Italiya, Fransiya ham qurol-yaroğ yetkazib beryapti. Şu nuqtada ikki xil standart bor: AQŞ va Ğarb davlatlari harbiy amaliyotni töxtatişga çaqiryapti, humanitar yordam beryapti, lekin bir vaqtning özida Isroilga qurol ham yetkazib beryapti.
Nega qurol yetkazyapsiz, deyilsa, Isroilning özini özi himoya qilişi uçun, deydi. Lekin bu davlatlar himoya qiliş va tajovuz qilişning farqini bilmaslikda ayblanyapti.
— Isroilning Rafahdagi operatsiyani töxtatib turiş qarori qançalik uzoq muddatga möljallangan?
— Aslida Isroil uçun HAMAS – bir vosita. HAMASni yöq qiliş bahonasida Ğazoga kiriş – asl maqsad. Ğazo hududi Örtayer dengizi böylab çözilgan, katta biznes va strategik loyihalar uçun juda qulay. Bu yerdan Suvayş kanaliga muqobil yöl oçmoqçi Isroil. Ya’ni özini muhim logistika maydoni sifatida namoyon etmoqçi. Bu loyiha bilan Qizil dengizdagi katta tovarlar oqimini Örtayer dengizi orqali olib çiqmoqçi. Afsuski, bu loyiha Ğazoga töğri kelgan. Hujumlar qiliş, vayron qilişdan maqsad – u yerdagi aholini bu yerdan ketişga undaş. Taşlab ketmaganda ham Isroil hududni töliq nazoratiga olib, şu loyihalarni erkin amalga oşiriş imkoniyatiga ega böliş.
Şu nuqtayi nazardan, Isroil yaqin orada yana Rafahga kiradi. Uruşni şu nuqtada qoldiriş Isroil hukumatiga ham, strategiyasiga ham töğri kelmaydi. Albatta, uruşni davom ettiradi. Isroilga xalqaro bosim, sanksiyalar qöllanmas ekan, u xohlagan işini qiladi. Isroil rasmiy tarzda genotsidda ayblanişi ehtimoli ham past, çunki AQŞdagi yahudiy lobbisi bunga yöl qöymaydi. Isroil AQŞning bir ştatidak gap. Isroil yöq böldi degani AQŞ Yaqin Şarqda mavjudlikni yöqotdi degani. Yaqin Şarqni nazorat qiliş musulmon dunyosini nazorat qiliş, ta’sir ötkaziş degani, buning uçun esa AQŞga Isroil kerak.
— Demak, harakatlar boşlanişi uzoq kuttirmaydi, şundaymi?
— Xuddi şunday. Birinçidan, Isroil hamma qöşinlarini olib çiqqani yöq, nazorat uçun ma’lum qismi qoldirildi. Endi Ğazo oldingidek bölmaydi, ilgari qamal holatida bölsa ham, içki siyosat Isroil nazoratidan xoli edi. Endi qanday hukumat şakllantirilişidan qat’i nazar, Isroil nazoratida böladi. Isroil HAMASni yöq qildik deyişi mumkin, lekin öşa yerdagi yaqinlari ölgan bolalar ertaga hamasçi bölib yetişadi. Şuning uçun Isroil u yerdagi jarayonlarni nazorat qilişga intiladi, buning uçun esa Ğazoni töliq egallab, aholini öz siyosati asosida uşlaşga harakat qiladi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











