Rossiyaning bir qator hududlari hali ham suv toşqinidan zarar körmoqda, ba’zi hududlarda hokimiyat yaqin kunlarda daryolarda suv sathi keskin kötarilişini kutyapti va suv toşqini xavfi tufayli mahalliy aholi uçun evakuatsiya zonasini kengaytirmoqda. Minglab rossiyaliklar vaqtinçalik yaşaş markazlarida (VYaM) qolmoqda. 

Kurgan viloyati: yaqin kunlarda daryolarda suv sathi keskin kötarilişi kutilyapti

17 aprel kuni ertalab Kurgan yaqinidagi Tobol daryosida suv sathi 883 smgaça kötarilib, «xavfli hodisa» darajasidan 33 smga oşib ketdi, «yaqin kunlarda» bahorgi toşqinning maksimal darajasi kutilmoqda Bu haqda Gidrometeorologiya sayti xabar berdi.

17 aprel holatiga köra, Kurgan viloyatining 13 567 nafar aholisi suv toşqini zonasidan evakuatsiya qilingan, 931 kişi, jumladan, 200 nafar bolalar VYaMda. Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 669 ta turar joy va 2376 ta qişloq uylari suv ostida qolmoqda. Kurgan viloyatida favqulodda holat 8 aprel kuni joriy etilgan edi. 

Orenburgning deyarli uçdan bir qismi suv ostida qolmoqda

Orenburg çegaralaridagi 89 kvadrat kilometr maydon suv ostida qolmoqda, deb xabar berdi şahar ma’muriyati 17 aprel kuni. Şaharda 6,5 mingdan ortiq uy-joy, jumladan, 55 köp qavatli uy, şuningdek, 11,2 ming yer uçastkasi suv ostida qolmoqda. Orenburg meriyasi ma’lumotlariga köra, suv bosgan uylardan 1720 kişi, jumladan, 170 nafar bola evakuatsiya qilingan. VYaMda 274 kişi qolmoqda, ulardan 72 nafari bolalar. 

Orenburg yaqinidagi Ural daryosida suv sathi 11 metrdan oşib, «xavfli» körsatkiçdan 179 smga kötarilib ketdi, Orenburg viloyatida 4 apreldan sönggi ön yilliklardagi eng kuçli suv toşqini sababli favqulodda holat joriy etildi. 

Tyumen viloyati: evakuatsiya zonasi kengaymoqda 

17 aprel kuni ertalab Tyumen viloyatida gubernator avvalroq Işim daryosida suv sathining «tarixiy maksimal» darajasi tufayli töğon buzilişi xavfi haqida ma’lum qilgan edi. Işim tumanida 13 ta aholi punkti, Vikulov tumanida yana 2 ta qişloq aholisi evakuatsiya qilingan. Mahalliy rasmiylar aholini özi bilan eng zarur buyumlar, hujjatlar, dori-darmonlar va qimmatbaho narsalarni olib ketişga çaqirdi. 

Tyumen viloyatida suv toşqini xavfi tufayli 8 aprel kuni favqulodda holat joriy etilgan, suv toşqini 23-25 aprel kunlari esa eng yuqori çöqqiga çiqişi kutilmoqda. Suv toşqini zonasida deyarli 7,3 ming kişi istiqomat qiladigan 50 dan ortiq aholi punktlari mavjud.