Samarqandda yaşovçi ayol ikki bolasi bilan yöqolgan. Bir kundan söng bolalarning jasadi Darğom kanalidan topilgan. Hozirda ayolni qidiriş işlari olib borilmoqda.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2024 yil 15 aprel kuni Urgut tumanida yaşovçi fuqaro IIBga murojaat qilib, Samarqand şahrida yaşovçi kelini I.Ya. ikki bolasi bilan uydan noma’lum tomonga çiqib ketganini bildirgan.
2024 yil 16 aprel kuni Darğom kanalining Toyloq tumani hududidan oqib ötuvçi qismidan 4 yoşli qizaloq va 1 yoşli öğil bolaning jasadi topilgan.
Hozirda 24 yoşli ayolni viloyat FVB, IIB va boşqa idoralar bilan hamkorlikda izlab topiş çoralari körilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan 2024 yil 16 aprel kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq, 2022 yilda qaynonasi bilan janjallaşgan 26 yoşli ayol uç nafar bolasi bilan özini Darğom kanaliga taşlagandi. Öşanda kanal atrofida bölgan oşxona işçilari ayol va uning bir farzandini qutqarib qolişgan, ikki nafari suvda çökib halok bölgandi.













