Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek sönggi paytlarda Rossiya tomonidan, jumladan, energetika infratuzilmasi obektlariga hujumlar köpayib borayotgan Ukrainadagi vaziyat tez yaxşilanişiga işonyapti. Bu haqda u 18 aprel, payşanba kuni Kiyevga taşrifi çoğida DW naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Hozirgi paytda Ukrainaga katta bosim bor, ammo bahor-yozda va yil davomida vaziyat osonlaşadi, Çexiya juda köp öq-dorilarni sotib oldi. Germaniyada işlab çiqariş köpaymoqda. Şuning uçun hozir ular uçun eng qiyin vaqt, ammo vaziyat yaxşilanadi», - dedi Xabek.
Ukrainaga yordam körsatiş böyiça Germaniya ikkinçi örinda
Uning sözlariga köra, AQŞ yordamini ajratişdagi keçikişlar şaroitida Germaniya sönggi oylarda Ukrainani qöllab-quvvatlaş mas’uliyatini öz zimmasiga oldi, buni Berlinning yaqinda Kiyevga yana bir Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etiş haqidagi qarori tasdiqlaydi.
«Statistikaga nazar taşlasangiz, biz harbiy yordam körsatiş böyiça amerikaliklardan keyin ikkinçi örinda turamiz», – dedi vazir
Xabek örnatilgan amaliyotga qaramay, Germaniya uruş holatida bölgan Ukrainaga yordam berayotganiga e’tibor qaratdi. «Agar mamlakat uruşda bölsa, defolt xavfi juda va juda yuqori. Şuning uçun biz odatda bunday qilmaymiz. Lekin biz qildik va hozirda jami 46 kompaniya Ukrainaga sarmoya kiritdi. Şunday qilib, biz köp iş qilyapmiz», - dedi u.
Robert Xabek: Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari köproq kerak
Biroq Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari köproq kerak, şuning uçun boşqa davlatlar ham Germaniyadan örnak olişi lozim, dedi vitse-kansler. «Biz, Germaniya, yana bir Patriot tizimini yetkazib berdik va buni birinçi bölib boşqalardan söraş va har bir davlat biroz köproq qila olişiga örnak körsatiş uçun qilyapmiz. Boşqa mamlakatlardagi Patriot tizimlari soniga qarasangiz, şunday böladi. Germaniyadan köra köproq Patriot tizimlariga ega davlatlar borligini köriş mumkin», dedi Xabek.
Vitse-kansler Ukraina ittifoqçilarini Kiyevga yordamni kuçaytirişga çaqirdi. «Biz tuşunişimiz kerak, ukrainaliklarning kuraşi - bizning ham kuraşimiz», - dedi vazir. Hamkor davlatlar öz tizimlarini sinab körişi va köproq iş qila olişini körsatişi kerak, dedi u. «Işonçim komilki, biz köproq narsani qila olamiz. Agar ularda (ukrainaliklar) köproq öq-dorilar, mudofaa tizimlari bölganida, elektr stansiyalariga falokatli hujumlar sodir bölmasdi», - deya xulosa qildi u.













