Jizzax viloyati içki işlar boşqarmasi 1994 yil Xitoy Xalq Respublikasida tuğilgan XXR fuqarosi Çen Lin Bingni qidiruvga berdi.
IIB xabariga köra, u Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani Ardaxşon mahallasi hududida joylaşgan “FESTON” XSI MÇJ yotoqxonasida yaşagan.
Çen Lin Bing Özbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi (Soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş) 3-qismi xamda 189-moddasi (Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) 1-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun Şarof Raşidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda.
Uşbu şaxs töğrisida ma’lumotga ega bölgan fuqarolar içki işlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qönğiroq qilib xabar berişi söralgan.
IIB axborotida aytilişiça, ma’lumot bergan fuqaroning şaxsi sir tutiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.













