Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) ma’lumotlariga köra, Ukraina joriy yilda 42 milliard dollar miqdorida budjet yordamiga muhtoj. «Biz bu ehtiyojlar qondirilişiga işonçimiz komil», dedi taşkilot rahbari Kristalina Georgiyeva 18 aprel, payşanba kuni Vaşingtonda bölib ötgan XVJ va Jahon bankining bahorgi yiğilişida.

«Ukrainaga yordam - doimiy va barqaror»

Şu bilan birga, u ukrainaliklarning Rossiyadan himoyalaniş böyiça ajoyib qat’iyatini ta’kidladi hamda «Ukrainaga yordam doimiy va barqaror bölib qoladi», deb işontirdi. Bir neça kun oldin XVJ rahbarligiga ikkinçi beş yillik muddatga qayta saylangan Georgiyeva Ukrainadagi uruşni imkon qadar tezroq tugatişga çaqirdi.

2023 yil mart oyida XVJ Ukrainaga 15,6 milliard dollar (14,4 milliard yevro) miqdorida moliyaviy yordam paketini tasdiqladi. Dastur Ukraina tört yil içida olişi kutilayotgan 115 milliard dollarlik (106 milliard yevro) kattaroq xalqaro yordam paketining bir qismidir.

Bir neça hafta oldin XVJ ijroiya kengaşi Kiyevga Ukraina budjeti ehtiyojlari uçun 880 million dollar (812 million yevro) miqdorida kredit tranşi ajratgan edi. «Uruş bilan boğliq omillar qayta paydo bölayotganiga qaramay, Ukraina iqtisodiyoti 2023 yilda ajoyib barqarorlikni namoyiş etişda davom etdi», deya ma’lum qildi XVJ. Ukrainaga 900 million dollar (830 million yevro) miqdoridagi oldingi kredit tranşi XVJ tomonidan 2023 yil dekabrida tasdiqlangan.