Ziroat Mirziyoyeva Quvasoydagi 90-son ixtisoslaştirilgan maktab-internat va Farğonadagi 1-son ixtisoslaştirilgan maktab öquvçilari holidan xabar oldi. 

«Zamin» fondi Vasiylik kengaşi raisi bolalarning IT oromgohidagi yutuqlaridan hayratlandi, robototexnika va mexatronika böyiça yangi darsliklar bilan tanişib, öquvçilar axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatga erişişlarida IT ta’limining ahamiyatini va bu sohada zarur könikmalarni egallaş muhimligini ta’kidladi.