Ğazodagi uruş sabab Isroilni eng qattiq tanqid qilayotgan davlat bu – Turkiya. Lekin bu ikki davlatning munosabatlari Erdöğan hokimiyatga kelguniça va uning hokimiyati ilk yillarida hozirgidan farq qilardi. Turkiya Isroil bilan eng iliq munosabatlarga ega musulmon davlatlaridan biri edi.

Diniy va milliy qadriyatlar, diplomatik kelişmovçiliklar, “Mavi Marmara” inqirozi va regional mojarolar bu munosabatlarni beqarorlaştirgan asosiy omillar hisoblanadi.

Oddiy siyosiy raqobat va strategik manfaatlar köp yillik tarixga ega bölib, ularning yeçimi va umumiy kelajakdagi körinişi har doim noma’lum bölgan. Suriya mojarosi kabi mintaqaviy ziddiyatlar esa munosabatlarni yanada çigallaştiradi. Şunga qaramay, Turkiya-Isroilning özaro iqtisodiy boğliqligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Kun.uz “Geosiyosat” dasturida Yaqin Şarqdagi bu ikki yirik harbiy va iqtisodiy qudrat markazlarining özaro munosabalari haqidagi savollar bilan siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi.

— Erdöğanning siyosiy faoliyati davomida Isroil bilan munosabatlarini qanday davrlarga böliş mumkin?

— Avvalo, Turkiya va Isroil munosabatlariga mintaqa nuqtai nazaridan qaraş kerak. Musulmon dunyosida, arab davlatlari örtasida Isroilni tan olmaslik böyiça ma’lum kelişuvlar bor. Lekin mintaqada 3 ta davlat Isroilni tan olib, diplomatik aloqalar örnatgan, bular: Turkiya, Misr, Iordaniya. Misr va Iordaniya Isroil bilan uruşda ma’lum yerlarini oldirib qöygaç, muloqotga kirişiş maqsadida tan olgan. Lekin Turkiya va Isroil munosabatlari boşqaça bölgan. Isroilni tan olgaç, u bilan munosabatlarni me’yorlaştirgan davlat – Turkiya.

Erdöğan hokimiyatga kelgunça Turkiya va Isroil munosabatlari yaxşi edi. Lekin Erdöğan hokimiyatga kelgaç, bosqiçma-bosqiç ikki davlat munosabatlari sovuqlaşa boşladi. Erdöğanni xalqaro maydonda islomçi deyişadi, lekin u ayni paytda liberal, ma’lum darajada millatçi, huquqiy demokratik davlat institutlarini ham inkor etmaydi. Uning qadriyatlaridan biri – Islom. Erdöğanning bayonotlarida, ritorikasida, içki-taşqi siyosatida islomiy omil muhim rol öynaydi.

Bu diniy omil Erdöğan uçun bir tomondan risk ekanini ham aytiş kerak. U hokimiyatga kelgunça Turkiya hukumati 3 marta harbiylar tomonidan yiqitilgan. Mustafo Kamol Otaturk Turkiyadagi dunyoviylikni ta’minlaş uçun harbiylarga missiya yaratib ketgan. 2016 yildagi oxirgi davlat töntarişiga uriniş ham Erdöğanni yiqitiş uçun edi. Erdöğan hokimiyatga kelganda Isroil bilan munosabatlar yaxşi edi, sovuqlaşişi vaqt masalasi bölgan.