Poytaxtda ötkazilayotgan "Soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasida hamkorlik böyiça Özbekiston-Vengriya konferensiyasi" doirasida Toşkent davlat stomatologiya institutida vengriyalik taniqli mutaxassislar iştirokida magistrlar va klinik ordinatorlar uçun ma’ruza taşkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Unda Vengriyaning BIONIKA Medline kompaniyasi direktori Yojyef Xaydu "Stomatologiya kelajagini belgilovçi innovatsion yeçimlar" mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida yuz-jağ va ortognatik jarrohlik, stomatologik implantologiya va travmatologiya sohasidagi innovatsion işlanmalar haqida ma’lumot berildi.
Tinglovçilar bilan bölib ötgan muloqot çoğida yoşlar uçun bir qator dolzarb masalalar, xususan, mahorat darslari va operatsiyalarni ötkaziş uçun vengriyalik mutaxassislarni jalb etiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar taşkil etiş va özbekistonlik mutaxassislarning Vengriyada malaka oşirişi kurslarini uyuştirişga oid masalalar muhokama qilindi.
Xususan, Yojyef Xayduga Budapeştda yoş mutaxassislar uçun qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş, Zemmelvays universiteti mutaxassislarining Toşkentga safarini uyuştiriş böyiça takliflar bildirildi.











